Iqtisodiyot

Prezident investorlar bilan Surxondaryodagi 1,56 GVt quvvatga ega IES qurilishini boshlab berdi
24 mart 2022, 17:44

Prezident investorlar bilan Surxondaryodagi 1,56 GVt quvvatga ega IES qurilishini boshlab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Quvvati 1,56 GVt va umumiy qiymati 1,2 mlrd dollar bo‘lgan IES oxirgi yillarda mamlakatda quriladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi. Loyiha Germaniyaning Siemens Energy, Fransiyaning YeDF va Niderlandiyaning Stone City Energy kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
24 mart 2022, 16:41

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollar so‘mga nisbatan 25,68 so‘mga arzonladi va 11 483,91 so‘m etib belgilandi. Yevro ham arzonladi, rubl esa so‘mga nisbatan qimmatlashdi.

O‘zbekiston qanday qilib eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuk tashish xarajatlarini kamaytiradi?
24 mart 2022, 16:22

O‘zbekiston qanday qilib eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi va yuk tashish xarajatlarini kamaytiradi?

Jahonda sodir bo‘layotgan voqealar fonida ba’zi eksportchilar boshqa logistika koridorlaridan foydalanishga majbur bo‘lganligi sababli ularning transport-logistika xarajatlari oshdi, dedi ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov. Shundan kelib chiqib, Eksportni rag‘batlantirish agentligi transport xarajatlari uchun kompensatsiya miqdorini oshiradi, qolaversa, O‘zbekiston boshqa davlatlar bilan ham yuk tashish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qozog‘iston bilan shakar va bug‘doyni temir yo‘l orqali tashishni 30 foizgacha arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi
24 mart 2022, 15:34

Shakarning birja narxlari tushdi. Narxlar oshishiga «vahimachi tadbirkorlar» sababchi qilib ko‘rsatildi

Oxirgi ikki savdo kunida shakarning birja narxi qariyb 30 foizga — 8735 so‘mgacha arzonlashdi. Xorazm shakar zavodi vakili narxlarning oshishida «vahima ichida katta hajmdagi mahsulotlarni sotib olib, narxlarning sun’iy ravishda oshishiga sabab bo‘lgan» tadbirkorlarni aybladi.

Yevropaning Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘yishi Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin — iqtisodchilar
24 mart 2022, 11:17

Yevropaning Rossiya neft va gaziga taqiq qo‘yishi Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkin — iqtisodchilar

Iqtisodchilar Sergey Guriyev va Oleg Isxoki Yevropa Rossiya neft va gazi importiga nisbatan ta’qiq kiritishi qanday qilib Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Ularga ko‘ra, ushbu sanksiyalar Kremlni harbiy harakatlarni davom ettirishga ko‘maklashuvchi mablag‘lardan mahrum qilishi mumkin.

«Soliq ma’murchiligidagi barcha o‘zgarishlar keyingi yilga qoldirilishi mumkin» — Timur Ishmetov
24 mart 2022, 10:05

«Soliq ma’murchiligidagi barcha o‘zgarishlar keyingi yilga qoldirilishi mumkin» — Timur Ishmetov

O‘zbekistonda soliq ma’murchiligidagi barcha o‘zgarishlar bir necha oyga yoki keyingi yilga qoldirilishi mumkin, deb xabar berdi moliya vaziri Timur Ishmetov. Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident 2022 yilda avval tasdiqlangan budjet taqchilligini saqlab qolish va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq berdi.

Jamshid Qo‘chqorov — valyuta kreditlari va oziq-ovqat narxlari bo‘yicha choralar haqida
24 mart 2022, 09:57

Jamshid Qo‘chqorov — valyuta kreditlari va oziq-ovqat narxlari bo‘yicha choralar haqida

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov banklar va Markaziy bank O‘zbekiston aholisiga rublda pul o‘tkazmalarini uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, davlat tadbirkorlarga valyuta kreditlarini so‘mlik qarzga aylantirish imkoniyatini beradi, shuningdek, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun bojxona to‘lovlarini nolga tenglashtiradi.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarmaydi
24 mart 2022, 09:02

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarmaydi

Markaziy bankning asosiy stavkasi 17 foizga oshirilganidan so‘ng, yangi kreditlar foizi va kredit resurslarining qiymati ham o‘sishi kerak edi. Biroq, prezident yil oxirigacha ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini o‘zgartirmaslik to‘g‘risida topshiriq berdi, deb xabar qildi moliya vaziri Timur Ishmetov.

Prezident hukumatga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi
23 mart 2022, 22:32

Prezident hukumatga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash choralari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda prezident ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tadbirkorlarga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berdi. Markaziy bankka ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini ta’minlashda «ehtiyotkorona yondashuvni» qo‘llash vazifasi qo‘yildi.

O‘zbekiston banklari qachon xususiylashtiriladi va IPO o‘tkazadi?
23 mart 2022, 21:59

O‘zbekiston banklari qachon xususiylashtiriladi va IPO o‘tkazadi?

Prezident qarori bilan O‘zbekiston banklarini xususiylashtirish va aksiyalarini ommaviy joylashtirish bo‘yicha muddatlar belgilandi. Qarorda «Qishloq qurilish bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Asakabank», «Xalq banki», «Mikrokreditbank» va boshqa banklar keltirilgan.

Abdulla Aripov va Rustam Minnixanov «Chirchiq» texnoparki ochilishida ishtirok etishdi
23 mart 2022, 15:22

Abdulla Aripov va Rustam Minnixanov «Chirchiq» texnoparki ochilishida ishtirok etishdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov «Chirchiq» kimyo-industrial texnoparkining ochilish marosimida qatnashishdi. Texnopark Qozondagi «Ximgrad» texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

O‘zbekiston xalqaro yuklarni Aqtau dengiz porti orqali tashishi mumkin bo‘ladi
23 mart 2022, 10:07

O‘zbekiston xalqaro yuklarni Aqtau dengiz porti orqali tashishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston kompaniyalari Aqtau dengiz porti orqali xalqaro yuklarni yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarga yuborishi mumkin bo‘ladi.

Ikki oyda tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi
21 mart 2022, 14:36

Ikki oyda tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,01 mlrd dollar yoki deyarli 85 foizga ko‘proq. Eksport hajmi 4,1 mlrdga yetgan, bunda oltin eksportining ulushi 57,7 foizni tashkil etgan. Import hajmi esa 4,6 mlrd dollarni tashkil qilgan, avtomobillar importi 7,1 barobarga ko‘paygan.

Foto: Samarqandning yangi aeroporti ochildi
20 mart 2022, 12:46

Foto: Samarqandning yangi aeroporti ochildi

Samarqandda ochiq kitob ko‘rinishidagi zamonaviy aeroport majmuasi ochildi. U soatiga 800 kishiga xizmat ko‘rsatish va haftasiga 120 reyslarni qabul qilish salohiyatiga ega. Boshqa aeroportlardan farqli ravishda, terminalga avtomobilda kelish mumkin, bino esa to‘siqlar bilan o‘ralmagan.

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi
19 mart 2022, 00:43

Shakarning birjadagi narxlari pasayishni boshladi

18 mart kuni birja auksionlarida shakarning o‘rtacha qiymati o‘tgan kunga nisbatan 15,3 foizga — 1 kg uchun 11 921,9 so‘mdan 10 101,3 so‘mga arzonlashdi. Shu kuni 2100 tonna shakar sotildi. Xaridorlar soni ham ortdi.

Afg‘oniston orqali Hindistondan O‘zbekistonga birinchi tranzit yuklari jo‘natildi
18 mart 2022, 19:12

Afg‘oniston orqali Hindistondan O‘zbekistonga birinchi tranzit yuklari jo‘natildi

Hindistonlik treyder Pokiston va Afg‘oniston orqali birinchi tranzit jo‘natmani O‘zbekistonga jo‘natdi. 16 mart kuni 140 tonna yuk — asosan shakar ortilgan yuk mashinalari karvoni Kobuldan Toshkentga yo‘l olgan. Bungacha jo‘natma Mumbay, Karachi va Torxam shaharlaridan o‘tgan. Ushbu jo‘natma «to‘rtta davlatning hech birida hukumat ishtirokisiz amalga oshirilgan"i aytildi.

Dollarning rasmiy kursi 7 martdan buyon ilk marta pasaydi
18 mart 2022, 17:15

Dollarning rasmiy kursi 7 martdan buyon ilk marta pasaydi

Yil boshidan buyon so‘m kursi AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi. Shu sababli Markaziy bank asosiy stavkani 3 foiz bandga oshirib, yillik 17 foizgacha ko‘tardi. MB raisining aytishicha, ushbu qaror milliy valyuta kursini barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu qaror fonida dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 62,40 so‘mga pasayib, 11 509,59 so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga oshdi
18 mart 2022, 16:01

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 935,6 mln dollarga ortib, 1 mart holatida 35,36 mlrd dollarga yetdi. Yalpi zaxiralar o‘sishi xorijiy valyutadagi aktivlar hisobiga (983 mln dollarga ortgan) to‘g‘ri keldi. Oltin zaxiralari esa 50,4 mln dollarga kamaygan.

Markaziy bank rahbari Rossiyadan pul o‘tkazmalarining «sezilarli» qisqarganini ma’lum qildi
18 mart 2022, 09:51

Markaziy bank rahbari Rossiyadan pul o‘tkazmalarining «sezilarli» qisqarganini ma’lum qildi

Mart oyining birinchi yarmida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamaydi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. U pul o‘tkazmalarining qisqarishi aholi daromadlari va ularning kredit to‘lash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini tan oldi.

Shakar zavodlari birja savdolariga qo‘yiladigan shakar hajmini oshirdi
18 mart 2022, 09:32

Shakar zavodlari birja savdolariga qo‘yiladigan shakar hajmini oshirdi

Mart oyi boshidan beri birja savdolarida shakar narxi 21,6% ga ko‘tarilib, bir kilogrami uchun 10 ming so‘mdan ziyodga yetdi. Vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida shakar zavodlari tomonidan birja savdosiga qo‘yiladigan shakar hajmi o‘rtacha 30 foizga oshirildi. Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, mamlakatlar rasmiylarining ma’lum qilishicha, spekulyatsiyalar va sun’iy ravishda yuzaga keltirilgan tanqislik natijasida mazkur mahsulotga bo‘lgan talab borasida ajiotaj kuzatilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting