Juma kuni Samarqandning yangi aeroporti Uzbekistan Airways kompaniyasining birinchi reysini qabul qildi, deya xabar berdi «Gazeta.uz» muxbiri.


Terminalning binosi buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» bosh asari timsoliga aylangan ochiq kitob shaklida barpo etilgan. Binoning kengligi 175 m, balandligi 25 m.

Qurilish ishlari pudratchi Enter Engineering kompaniyasi tomonidan Turkiyaning Kiklop loyiha-muhandislik kompaniyasida yaratilgan me’moriy yechim asosida bajarildi. Aeroport boshqaruvi Air Marakanda xorijiy korxonasiga topshirilgan.


«Bunday zamonaviy kompleksning ochilishi bizning aviakompaniyamiz uchun ajoyib imkoniyatdir. Birinchidan, yo‘nalish parvozlarini sonini, mamlakatimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, tranzit yo‘lovchilar oqimini oshirishga xizmat qiladi. Samarqand xalqaro aeroporti kabi xab yurtimizga kelayotgan yo‘lovchilarga sifatli, qulay va tezroq xizmat ko‘rsatish imkoni yaratadi», — dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov.


Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov.

Aeroport soatiga 800 kishiga xizmat ko‘rsatishi aytilmoqda. Lufthansa Consulting xalqaro konsalting tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan mustaqil tahlillar ushbu aeroport orqali yo‘lovchi oqimining yiliga 480 ming kishidan 2 mln kishiga ortishini ko‘rsatmoqda


Ro‘yxatdan o‘tganlikni nazorat qilishning avtomatlashtirilgin tizimi o‘rnatilgan E-gate turniketlari.

Yangi terminal doimiy reyslar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha oshirish imkonini beradi. Unda 29 ta ro‘yxatga olish peshtaxtasi, 8 ta minish uchun chiqish yo‘lagi, 4 ta teleskopik trap, 10 ta pasport nazorati kabinasi va uchib ketayotgan yo‘lovchilar uchun 6 ta Ye-gate, shuningdek, uchib kelgan yo‘lovchilar uchun 15 pasport nazorati kabinasi mavjud.


«Uzbekistan Airports tomonidan qurilgan yangi aerodrom majmuasi dekabr oyidayoq ekspluatatsiyaga topshirilgan edi», — deya ta’kidladi Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Rano Jo‘rayeva. — Uzunligi 3105 metr va kengligi 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi yo‘laklar va 24 aviaturargohga perronlar qurildi, IKAOning ikkinchi kategoriyasiga mos keluvchi energiya tejamkor chiroq signalli qurilma va qo‘nish tizimi o‘rnatildi".

2030 yilga borib yo‘nalishlar sonini 30 taga yetkazishga qaratilgan. Masalan, 2019 yilda Samarqand aeroportidan 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aviaqatnovlar amalga oshirilar edi. Bu yil esa Moskva, Istanbul va Toshkent shaharlariga haftasiga uch marotaba, Olmaota va Sankt-Peterburgga haftasiga ikki marotabadan reyslar amalga oshiriladi.


2023 yilda yo‘nalish tarmog‘ini rivojlantirish hamda yangi Sharja va Krasnoyarsk marshrutlarni ochish rejalashtirilgan. 2023−2024 yillarda talabga qarab, boshqa yangi yo‘nalishlarni, ayniqsa Sochi va Novosibirsk ochish imkoniyati ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonning ko‘plab aeroportlaridan farqli ravishda, Samarqand aeroporti terminaliga to‘siqlarsiz avtomobilda yetib kelish mumkin. Kameralar har bir avtomobilni kuzatadi. Shuningdek, boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi terminal binosi to‘siqlar bilan o‘rab olinmagan.

«Gazeta.uz» muxbirining aeroportga transport qo‘yilganligi va noqonuniy taksi haydovchilari bilan kurash haqidagi savoliga javoban Uzbekistan Airports rahbari Rano Jo‘rayeva avvallari terminal oldidagi hudud shahar hokimligiga tegishli bo‘lganligini ta’kidladi.


Uzbekistan Airports rahbari Rano Jo‘ravea.

«Hozirda hokimlik ushbu hududni bizga topshirmoqda, unda «razvyazka» qilinadi va biz noqonuniy taksi haydovchilarini jismonan cheklaymiz. Rasmiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘lovchilar barcha ma’lumotlarni bizning saytimizda bilib olishlari mumkin bo‘ladi… Biz hozir ekvayring tizimini joriy qilyapmiz (kassada yoki kurerga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni naqdsiz ravishda amalga oshirish — tahr.), u orqali xizmatlar uchun to‘lov qilsa bo‘ladi, shu bilan birga, taksiga ham. «

Foto