Iqtisodiyot

AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari sotuvi bekor qilindi — Markaziy bank raisi
4 may 2023, 16:47

AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari sotuvi bekor qilindi — Markaziy bank raisi

Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank”ning Toshkent shahri markazidagi ma’muriy binolarini sotish va Black Gold Industry News`ga 390 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha kelishuvlar bekor qilindi, deya ma’lum qildi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov.

Markaziy bank O‘zbekistonda p2p o‘tkazmalari uchun elektron hisobvaraqalari joriy etilishiga qarshi chiqdi
4 may 2023, 15:50

Markaziy bank O‘zbekistonda p2p o‘tkazmalari uchun elektron hisobvaraqalari joriy etilishiga qarshi chiqdi

Jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bo‘yicha elektron hisobvaraqalarni rasmiylashtirish, ya’ni bu ma’lumotlarni soliq organlariga o‘tkazish tartibiga Markaziy bank salbiy munosabatda, dedi Markaziy bank raisi. Mutaxassislarning aytishicha, bu norma bank siri to‘g‘risidagi qonun va Konstitutsiyaga zid.

Yirik savdo markazlariga ijara to‘lovlarini xorijiy valyutaga bog‘lashga ruxsat beriladi
4 may 2023, 15:46

Yirik savdo markazlariga ijara to‘lovlarini xorijiy valyutaga bog‘lashga ruxsat beriladi

Hukumat komissiyasi ijara to‘lovlarini xorijiy valyutaga bog‘lashga ruxsat berishi mumkin. Gap 200 mln dollardan ortiq sarmoya va 70 ming kvadrat metrdan ortiq ijara maydoniga ega yirik savdo va ko‘ngilochar markazlar haqida bormoqda. Toshkentda qurilayotgan birgina savdo markazi shunday talabga javob beradi.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
4 may 2023, 12:40

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Regulyator birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, iqtisodiyotdagi aksariyat ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida ekanligini ta’kidladi. Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozi 8,5−9,5 foiz darajasida saqlanib qoldi.

UzAuto Motors`ning sof foydasi birinchi chorakda salkam 2 baravarga kamaydi
4 may 2023, 10:32

UzAuto Motors`ning sof foydasi birinchi chorakda salkam 2 baravarga kamaydi

UzAuto Motors 2023-yilning birinchi choragida 258,76 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Biroq bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 43,8 foizga kam.

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi
4 may 2023, 10:05

Ayrim banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 4-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400 — 11 450 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 465 — 11 515 so‘m.

Zara, Bershka, Massimo Dutti kabi brendlarni ichiga olgan Cenomi Group O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin
3 may 2023, 16:20

Zara, Bershka, Massimo Dutti kabi brendlarni ichiga olgan Cenomi Group O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkin

Portfeliga Inditex guruhining Zara, Zara Home, Massimo Dutti, Bershka, Pull & Bear, Oysho va Stradivarius kabi brendlari kiruvchi Cenomi Group O‘zbekiston bozoriga kirishi haqida e’lon qilindi. Cenomi Tashkent City Mall loyihasida taqdim etilishi mumkin.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi
3 may 2023, 11:42

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun 200 mln yevro ajratadi

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash uchun 200 mln yevro ajratadi. Mablag‘lar Qo‘qon, Marg‘ilon, Termiz shaharlarining suv tizimini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.

Endi garovga qo‘yuvchining iltimosi bilan mol-mulkni auksionga qo‘yish kechiktirilmaydi
3 may 2023, 11:33

Endi garovga qo‘yuvchining iltimosi bilan mol-mulkni auksionga qo‘yish kechiktirilmaydi

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan undiruv qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo‘yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana oshdi
3 may 2023, 10:18

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi yana oshdi

Tijorat banklari 3-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 425 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 495 so‘m.

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun 50,5 mln yevro ajratdi
2 may 2023, 14:44

Germaniyaning KfW banki O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun 50,5 mln yevro ajratdi

O‘zbekiston va Germaniya taraqqiyot banki KfW o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan 45 million yevrolik kredit shartnomasi va 5,5 million yevrolik grant shartnomasi imzolandi.

Banklarda dollar kursi 11 425 — 11 475 so‘m atrofida sotilmoqda
2 may 2023, 10:32

Banklarda dollar kursi 11 425 — 11 475 so‘m atrofida sotilmoqda

Tijorat banklari 2-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 350 — 11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425 — 11 475 so‘m.

O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi
1 may 2023, 14:53

O‘zbekistonda aprel oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil etdi

Aprel oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 0,5 foizga qimmatlashdi. Mahsulotlar orasida pomidor narxi 21,3 foizga, guruch 14,1 foizga, sabzi 13,2 foizga va shakar 10,5 foizga oshdi.

Prezident davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
1 may 2023, 12:30

Prezident davlat qarzi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident imzolagan “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bu ko‘rsatkichning maksimal miqdori YAIMga nisbatan 60% etib belgilandi. Uni samarali boshqarish uchun 3 yillik strategiya tasdiqlanadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga, davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga (YAIMga nisbatan 36,4 foiz) yetgan.

1-maydan BHM 330 ming so‘m etib belgilandi
1 may 2023, 11:29

1-maydan BHM 330 ming so‘m etib belgilandi

O‘zbekistonda 1-maydan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 000 so‘m, bazaviy hisoblash miqdori 330 000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshirildi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirma bekor qilinmaydi
30 aprel 2023, 18:48

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benziniga chegirma bekor qilinmaydi

Energetika vazirligi UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benziniga berilgan chegirmalar 1-maydan boshlab to‘xtatilishi to‘g‘risidagi xabarni rad etdi.

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatiladi
30 aprel 2023, 16:42

UNG Petro shoxobchalarida Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan to‘xtatiladi

UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i tomonidan Navro‘z bayrami arafasida e’lon qilingan Ai-92 benzini uchun chegirma 1-maydan boshlab to‘xtatildi. Aksiya davomida bir litr yoqilg‘i 7500 so‘mdan sotildi.

MHTI ichki turizmdan qoniqish darajasini baholadi
29 aprel 2023, 17:18

MHTI ichki turizmdan qoniqish darajasini baholadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ichki turizm bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi. Respondentlarning yarmidan ko‘pi oilalari bilan sayohat qilishni afzal ko‘rishlarini aytdi. Asosiy muammolar qatorida yo‘llar sifati, narxlar, suv, internet va sanitariya punktlari sanaldi.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish uchun “O‘rta Osiyo-Markaz” gaz quvuri ko‘rib chiqilmoqda
28 aprel 2023, 15:42

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish uchun “O‘rta Osiyo-Markaz” gaz quvuri ko‘rib chiqilmoqda

Rossiyadan O‘zbekistonga gazni “O‘rta Osiyo-Markaz” (CAC) gaz quvuri orqali yetkazib berish rejalashtirilmoqda, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq yetkazib berish uchun ko‘rib chiqilgan boshqa — “Buxoro-Ural” gaz quvuri eskirgani sababli mos kelmaydi.

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2023-yilning ikkinchi yarimidan yo‘lga qo‘yiladi
28 aprel 2023, 12:30

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2023-yilning ikkinchi yarimidan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Vengriya 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentdagi investitsiya forumida rasmiy Budapesht O‘zbekiston bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting