Markaziy bank 25 martdan so‘mning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini belgiladi. Unga ko‘ra:

  • 1 AQSh dollari 25,68 so‘mga arzonladi va 11 483,38 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 107,63 so‘mga pasaydi va 12 618,52 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 5,46 so‘mga ko‘tarildi va 118,85 so‘mga teng bo‘ldi.

Iqtisodchi Otabek Bakirov 24 mart kuni ertalab birjasidagi ilk savdolarda dollar kursi o‘rtacha 20 so‘mga arzonlab, 11490 so‘mni tashkil etganligini ta’kidladi.

«Tijorat banklariga chakana operatsiyalar bo‘yicha valyuta kurslarini belgilashda valyuta birjasida koll auksion natijasida shakllangan valyuta kursidan foydalanish imkoniyati berilgan. Demak yaqin daqiqalarda ayirboshlash shoxobchalarida dollar biroz arzonlashadi», — deb yozgandi u.

23 mart kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdi Markaziy bankka tashqi valyuta bozoridagi noaniq vaziyatni inobatga olgan holda, ichki valyuta bozori barqarorligi va almashuv kursi moslashuvchanligini ta’minlashda «ehtiyotkorona yondashuvni» qo‘llab borish muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.