O‘zbekistonda ipoteka va ta’lim kreditlari dasturlari doirasida foiz stavkalar yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov 23 mart kuni prezident boshchiligidagi yig‘ilishdan keyin ma’lum qildi.

Moliya vaziri rahbari moliya va valyuta bozoridagi o‘zgarishlarga javoban Markaziy bank o‘zining asosiy stavkasini 14 foizdan 17 foizgacha oshirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy stavkani oshirish chorasi tashqi omil ta’sirida vaqtinchalik instrument hisoblanadi.

MBning asosiy stavkasiga ko‘plab davlat dasturlari bog‘langan, shu jumladan ipoteka va ta’lim krediti dasturlari. Davlat budjetidan moliyalashtirish uchun tijorat banklariga ipoteka kreditlari bo‘yicha 20 yilga, ta’lim krediti bo‘yicha 7 yilga mablag‘lar ajratiladi.

«Qonunchilik bo‘yicha bu resurslar ham o‘z navbatida 3 foiz bandga hamda banklar ajratgan kreditlar ham 3 foiz bandga oshishi kerak edi. Lekin [prezident tomonidan] topshiriq bo‘ldi yilni oxirigacha bu chorani qo‘llamaslik, ya’ni ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar oshirilmaydi», — dedi vazir.