Iqtisodiyot

Banklarda dollar kursi biroz ko‘tarildi
7 aprel 2023, 10:00

Banklarda dollar kursi biroz ko‘tarildi

Tijorat banklari 7-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 300 — 11 360 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.

AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari bitta kompaniya tomonidan bank krediti evaziga sotib olindi
6 aprel 2023, 22:51

AKT vazirligi va “Aloqabank” binolari bitta kompaniya tomonidan bank krediti evaziga sotib olindi

Toshkent markazidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank” ma’muriy binolari elektron auksionda Black Gold Industry kompaniyasi tomonidan 387 mlrd so‘mga sotib olindi. “Aloqabank” auksiondan bir kun avval ushbu kompaniyaga 15 yil muddatga 14 foiz stavkada 390 mlrd so‘m kredit bergan.

Kam daromadli fuqarolar qanday qilib go‘sht, tuxum va yog‘ sotib olishda 12% chegirma olishlari mumkin?
6 aprel 2023, 22:17

Kam daromadli fuqarolar qanday qilib go‘sht, tuxum va yog‘ sotib olishda 12% chegirma olishlari mumkin?

1-maydan boshlab ijtimoiy reyestrga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolari go‘sht, tuxum va yog‘ sotib olayotganda QQSni (12 foiz) qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi. Soliq qo‘mitasi mazkur mexanizm qanday ishlashini ma’lum qildi.

OTB O‘zbekistonda 2023 va 2024-yillardagi iqtisodiy o‘sish 5 foiz bo‘lishini prognoz qildi
6 aprel 2023, 18:07

OTB O‘zbekistonda 2023 va 2024-yillardagi iqtisodiy o‘sish 5 foiz bo‘lishini prognoz qildi

Osiyo taraqqiyot banki 2023 va 2024-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda. Xatarlar Rossiyaga qarshi davom etayotgan sanksiyalar va ularning O‘zbekiston eksportining tashqi talabga ta’siri ko‘rinishida saqlanib qolmoqda, deyiladi hisobotda.

YeTTB Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini qurishi uchun 205 mln dollar ajratadi
6 aprel 2023, 14:59

YeTTB Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini qurishi uchun 205 mln dollar ajratadi

YeTTB Masdar kompaniyasi uchun O‘zbekistonda umumiy quvvati qariyb 900 MVt bo‘lgan uchta quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollarlik moliyalashtirish paketi ajratadi.

Shubhali operatsiyalar bo‘yicha yangi qoidalar omonatlar yoki kreditlarga tatbiq etilmaydi — Markaziy bank
6 aprel 2023, 12:36

Shubhali operatsiyalar bo‘yicha yangi qoidalar omonatlar yoki kreditlarga tatbiq etilmaydi — Markaziy bank

Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilganiga izoh berib, ular orasida noqonuniy qimor o‘yinlari, firibgarlik holatlari va boshqalar borligini ma’lum qildi. Yangi qoidalar ipoteka yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi
6 aprel 2023, 12:27

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi

Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.

O‘zbekistonda qurilish uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi
6 aprel 2023, 11:16

O‘zbekistonda qurilish uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining drenaj tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Banklarda qatorasiga to‘rtinchi kun dollar tushdi
6 aprel 2023, 09:44

Banklarda qatorasiga to‘rtinchi kun dollar tushdi

Tijorat banklari 6-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 300 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 375 — 11 420 so‘m.

“O‘zkimyosanoat” Maxam kompaniyasining (Ispaniya) shartnomani buzganlikdagi ayblovlarini rad etdi
5 aprel 2023, 21:35

“O‘zkimyosanoat” Maxam kompaniyasining (Ispaniya) shartnomani buzganlikdagi ayblovlarini rad etdi

“O‘zkimyosanoat” O‘zbekiston rasmiylariga qarshi xalqaro arbitraj ishini boshlagan Ispaniyaning Maxam kompaniyasining “asossiz ayblovlari”ni rad etdi. O‘zbekiston tomoni investorni sarmoya jalb etish va qo‘shma korxonalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlikda aybladi.

Toshkentda metro estakadalari ostida Berlindagi kabi umumiy ovqatlanish shoxobchalari va do‘konlar ochilishi mumkin
5 aprel 2023, 20:56

Toshkentda metro estakadalari ostida Berlindagi kabi umumiy ovqatlanish shoxobchalari va do‘konlar ochilishi mumkin

O‘zbekiston prezidentiga Toshkentning Yashnobod tumanida metro estakadalari ostidan savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari qurilishi loyihasi taqdim etildi. Loyihani ishlab chiqishda Berlin tajribasi ko‘rib chiqilgan.

O‘zbekiston Markaziy banki shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirdi
5 aprel 2023, 18:36

O‘zbekiston Markaziy banki shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

O‘zbekiston Markaziy banki shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Endi ular orasida 30 kun ichida mobil ilova orqali kartadan boshqa karta yoki elektron hamyonga BHMning 500 baravari (150 mln so‘m) va undan ortiq miqdorda pul o‘tkazish ham bor.

Yog‘och va oyna importi 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi
5 aprel 2023, 17:46

Yog‘och va oyna importi 2025-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

O‘zbekistonda 2025-yilga qadar yog‘och, fanera, yog‘ochli opalubka va oynani import qilishda bojxona boji bekor qilinadi. Shuningdek, yuqori markali sement bo‘yicha bojxona boji imtiyozi yana 1 yilga uzaytiriladi.

O‘zbekistonda 1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari beriladi
5 aprel 2023, 16:54

O‘zbekistonda 1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka kreditlari beriladi

1-maydan daromadi yetarli bo‘lmagan aholi ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi. To‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullar hisobga olinadi. Aholiga hovlisini kengaytirish va uy sotib olish uchun 3,2 trln so‘m kredit ajratiladi.

O‘zbekiston Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun tayyor charm yetkazib berishi mumkin
5 aprel 2023, 11:54

O‘zbekiston Hyundai, Kia, Toyota kompaniyalari uchun tayyor charm yetkazib berishi mumkin

Janubiy Koreyadagi avtomobilsozlik korxonalariga charm yetkazib beruvchi JM kompaniyasi Toshkent viloyatida qo‘shma korxona ochishi mumkin. U yerdagi charm Koreya kompaniyalariga yetkaziladi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistondan tayyor va yarimtayyor charmni xarid qilishni boshlaydi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 395 so‘mgacha tushdi
5 aprel 2023, 09:49

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 395 so‘mgacha tushdi

Tijorat banklari 5-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 325 — 11 370 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 395 — 11 460 so‘m.

PMTI hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazildi
4 aprel 2023, 20:19

PMTI hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etildi. Avval ular Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida bo‘lgan.

O‘zbekiston uchta davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qariyb yakunladi
4 aprel 2023, 18:38

O‘zbekiston uchta davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qariyb yakunladi

O‘zbekiston uchta davlat bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qariyb yakunladi, dedi ISSV vakili Amirbek Muhamedov. Ishchi guruh tarkibiga jami 47 davlat kiradi, 31 davlat bilan faol muzokaralar olib borilmoqda, dedi u.

O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning o‘rtacha narxi 27,7 foizga oshdi
4 aprel 2023, 18:26

O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning o‘rtacha narxi 27,7 foizga oshdi

2023-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 134,2 mln dollarlik 5026 dona avtomobil olib kirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import hajmi 922 ta avtomobilga kamaygan, biroq ularning o‘rtacha qiymati 20,9 ming dollardan 26,7 ming dollarga oshgan. Yetkazib berish geografiyasi ham o‘zgardi.

OAV: Maxam Londonda O‘zbekiston hukumatiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi
4 aprel 2023, 12:49

OAV: Maxam Londonda O‘zbekiston hukumatiga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi

Ispaniyaning Maxam korporatsiyasi “Maksam-Chirchiq kimyo zavodidagi ulushi bo‘yicha uzoq davom etgan mojaro tufayli” O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitraj ishini qo‘zg‘atdi, deb yozadi Eurasianet. Tomonlar kelishmovchilikni tinch yo‘l bilan hal qila olishmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting