Iqtisodiyot

O‘zbekistonda 2023-yilda 1000 dan ortiq davlat obyektlari sotuvga qo‘yiladi
31 mart 2023, 21:57

O‘zbekistonda 2023-yilda 1000 dan ortiq davlat obyektlari sotuvga qo‘yiladi

O‘zbekiston prezidenti 2023-yilda 1000 dan ortiq davlat obyektlarini sotish ko‘zda tutilgan dasturni tasdiqladi. Gap 39 ta yirik davlat kompaniyasi, 8 ta bank, 20 ta vazirlik, boshqa davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining sho‘ba korxonalari hamda firmalaridagi ulushlari haqida bormoqda.

Soliq qo‘mitasi va Yandex Go to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha ishlar rejasini belgilab oldi
31 mart 2023, 21:11

Soliq qo‘mitasi va Yandex Go to‘lovlarni fiskallashtirish bo‘yicha ishlar rejasini belgilab oldi

Ridetech International (Yandex Go xizmati) vakillari Toshkentda Soliq qo‘mitasi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Yandex Go foydalanuvchilariga fiskal cheklar berish bo‘yicha ishlar rejasi belgilab olinib, 1-apreldan haydovchi va yo‘lovchilar sug‘urtalanishi e’lon qilindi.

Ukrainaning “Yuriya-farm” kompaniyasi O‘zbekistondagi farmkorxonani sotib oldi
31 mart 2023, 19:51

Ukrainaning “Yuriya-farm” kompaniyasi O‘zbekistondagi farmkorxonani sotib oldi

Ukrainaning “Yuriya-farm” farmkompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med” korxonasini YeTTB krediti hisobiga sotib oldi. “Yuriya-farm” o‘z mahsulotlarining 30 foizini eksport qilgan bo‘lsa, uning 15 foizi O‘zbekistonga yo‘naltirilgan. Kompaniya shunday yo‘l bilan eksport xarajatlarini kamaytiradi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 490 so‘mgacha ko‘tarildi
31 mart 2023, 09:40

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 490 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 31-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 490 so‘m.

Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin
31 mart 2023, 09:27

Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin

Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaslikni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Italiya kompaniyalari O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi
30 mart 2023, 16:31

Italiya kompaniyalari O‘zbekistonda gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi

“Hududgazta’minot“ kompaniyasi Italiyaning Pietro Fiorentini kompaniyasi bilan O‘zbekiston gaz taqsimlash tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi. Loyiha Italiyaning eksport-kredit agentligi tomonidan 200 mln yevro miqdorida moliyalashtiriladi.

E-auksion platformasi orqali kompaniyalar aksiyalarini sotish falokatga olib kelishi mumkin
30 mart 2023, 10:56

E-auksion platformasi orqali kompaniyalar aksiyalarini sotish falokatga olib kelishi mumkin

Moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov davlat kompaniyalari aksiyalarini elektron auksion platformasi orqali sotish rejalari bilan tanishib chiqar ekan, bunday qadam oqibatlari O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning butun jarayoni uchun halokatga aylanishi mumkin, degan fikrni bildirdi.

Banklar dollarning sotish va sotib olish kurslarini yangiladi
30 mart 2023, 09:42

Banklar dollarning sotish va sotib olish kurslarini yangiladi

Tijorat banklari 30-mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 470 so‘m.

O‘zbekistonga yil oxirigacha 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyot olib kelinadi
29 mart 2023, 17:03

O‘zbekistonga yil oxirigacha 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyot olib kelinadi

Shavkat Mirziyoyev yil yakunigacha 20 ta qo‘shimcha zamonaviy samolyot olib kelib, milliy aviatsiya parkini 64 taga yetkazish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, 1 maydan vodiydan Urganch, Termiz, Buxoro va Samarqandga va boshqa mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi
29 mart 2023, 16:45

O‘zbekistonda aholi uchun «svet» va gaz narxlari bu yil oshmaydi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlarini 2023 yilda oshirish rejalashtirilmagan. «Lekin bu mazkur masalani muhokama qilmayapmiz degani emas. Turli variantlarni ko‘rib chiqyapmiz, ijtimoiy normalar muhokama qilinyapti», — dedi vazir o‘rinbosari.

Bojlarning nolga tushirilishi oziq-ovqat va tovarlar narxi hamda iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
29 mart 2023, 15:48

Bojlarning nolga tushirilishi oziq-ovqat va tovarlar narxi hamda iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?

«Yil oxirigacha ayrim oziq-ovqat va tovarlar importi bojlarining nolga tushirilishi narxlar pasayishiga olib keladi. Aholidan tushayotgan mablag‘lar iqtisodiyotda talabning o‘sishini rag‘batlantiradi», — dedi O‘zITIM rahbari Obid Hakimov. Iqtisodchi Otabek Bakirov chora nega vaqtincha ekani bo‘yicha savol qoldirdi.

Banklarda dollar kursi biroz tushdi
29 mart 2023, 09:44

Banklarda dollar kursi biroz tushdi

Tijorat banklari 29 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 470 so‘m.

O‘zbekistonda 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi
28 mart 2023, 20:23

O‘zbekistonda 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi

Prezident O‘zbekistonda davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladigan 40 ta yirik korxona va bank ro‘yxatini tasdiqladi. Ilk bor NKMK va OKMK, O‘zmetkombinat, «O‘ztelekom», Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi.

O‘zbekistonda 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan esa davlat xodimlari oyliklari oshadi
28 mart 2023, 19:42

O‘zbekistonda 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan esa davlat xodimlari oyliklari oshadi

O‘zbekiston prezidenti 1 apreldan pensiyalar, 1 maydan boshlab esa davlat xizmatchilarining ish haqi va bazaviy hisoblash miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. O‘sish o‘rtacha 7% ni tashkil qiladi.

Adliya vaziri O‘zbekistonda p2p o‘tkazmalari uchun elektron hisob-varaqa joriy etish to‘g‘risida izoh berdi
28 mart 2023, 18:30

Adliya vaziri O‘zbekistonda p2p o‘tkazmalari uchun elektron hisob-varaqa joriy etish to‘g‘risida izoh berdi

1 maydan boshlab to‘lov tashkilotlari jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari uchun elektron hisob-varaqalarni rasmiylashtirishi kerak. Adliya ekspertizasi vaqtida qaror loyihasida bu band bo‘lmagan. Adliya vaziri Akbar Toshqulov vaziyatga izoh berdi.

Hi-tech bank bankrot deb e’lon qilindi
28 mart 2023, 17:33

Hi-tech bank bankrot deb e’lon qilindi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan Hi-tech bank bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.

O‘zbekistonda issiqxona pomidori narxi qimmatlashishda davom etmoqda — EastFruit
28 mart 2023, 15:42

O‘zbekistonda issiqxona pomidori narxi qimmatlashishda davom etmoqda — EastFruit

O‘zbekistonda o‘tgan haftada qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 29 foizga va o‘tgan yilga nisbatan deyarli 2 baravarga oshdi. Avvalroq mahsulot narxining oshishiga yanvar oyidagi anomal sovuq sabab sifatida ko‘rsatilgandi.

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ikki oyda qariyb uch barobarga oshdi
28 mart 2023, 11:07

O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ikki oyda qariyb uch barobarga oshdi

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga kelgan sayyohlar oqimi qariyb uch barobarga oshib, 871 ming kishini tashkil etdi. Ularning 90 foizdan ortig‘i Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiyadan kelgan.

Banklarda dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi
28 mart 2023, 10:05

Banklarda dollar kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklari 28 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 415 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 485 so‘m.

Sherzod Kudbiyev Yandex Go`ning O‘zbekistonda soliqqa tortilishiga izoh berdi
27 mart 2023, 20:14

Sherzod Kudbiyev Yandex Go`ning O‘zbekistonda soliqqa tortilishiga izoh berdi

Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Go’ning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting