Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Abu Dabining Masdar kompaniyasiga O‘zbekistonda 900 MVt bo‘lgan uchta yangi quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollar miqdoridagi kredit paketi ajratdi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga YeTTB matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu loyihalar Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Osiyo infratuzilma investitsiya banki (OIIB) va Yevropa investitsiya banki (YIB) kabi moliyaviy institutlar bilan birga moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Masdar Jizzax viloyatida nominal quvvati 220 MVt bo‘lgan Nur Jizzakh, Samarqand viloyatida nominal quvvati 220 MVt bo‘lgan Nur Samarkand va Surxondaryo viloyatida nominal quvvati 457 MVt bo‘lgan Nur Sherabad fotoelektr quyosh elektr stansiyasilarini qurish va foydalanishga topshirishda yordam beradi.

Mazkur elektr stansiyalari ishga tushirilgandan so‘ng, uchta loyiha birgalikda 2200 GVt/soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Bu esa O‘zbekistonda 1 milliondan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va yillik chiqindilarini 1 223 300 tonnaga kamaytiradi.