O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Toshkentdagi yer usti metropoliteni estakadalari ostida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

metro, шавкат мирзиёев, эсtaкада, яшнобод tumani

Qayd etilishicha, liniyaning Yashnobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida 4 km uzunlikdagi bo‘sh joy mavjud. Bu yerda yashil zonalar, avtoturargohlar, mashg‘ulot maydonchalari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilishi mumkin. “O‘zbekiston 24” telekanali taqdim etgan taqdimotga ko‘ra, yer uchastkalari kafe, do‘kon, sartaroshxona va dorixonalar uchun ham ajratilishi mumkin.

metro, шавкат мирзиёев, эсtaкада, яшнобод tumani

Xabarda aytilishicha, Berlin (Germaniya)ning yer usti metro liniyalari ostidagi maydonlardan foydalanish tajribasi ko‘rib chiqildi.

Prezident ushbu maydonlarni uchastkalarga bo‘lib, tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda barcha xavfsizlik choralarini ta’minlash kerak.

metro, шавкат мирзиёев, эсtaкада, яшнобод tumani

metro, шавкат мирзиёев, эсtaкада, яшнобод tumani

Eslatib o‘tamiz, metropoliten estakadalari ostidagi joylarni ijaraga berish loyihasini Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov 2020-yil sentabr oyida taqdim etgan edi. O‘shanda u yerda kafe, restoran va do‘konlar ochish orqali metro liniyasi ostidagi hududni obodonlashtirish ko‘zda tutilgani ham aytildi.

metro, шавкат мирзиёев, эсtaкада, яшнобод tumani

Fevral oyida Yashnobod va Sergeli tumanlarida metropolitenning yer usti estakadalari ostida avtomobillar uchun 2700 ta to‘xtash joyi: Yashnobod tumanida 2,9 gektar maydonda 1200 ta joy, Sergeli tumanida esa 3,37 gektar maydonda 1500 ta joy yaratish rejalari haqida yozgan edik.