Iqtisodiyot

Paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta yetishtirish va terish uchun imtiyozli kreditlar olishi mumkin
11 noyabr 2021, 12:07

Paxta-to‘qimachilik klasterlari paxta yetishtirish va terish uchun imtiyozli kreditlar olishi mumkin

2022 yil hosilidan paxta yetishtirish va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston xom ashyo manbasi bo‘lib qolmoqchi emas — Shuxrat Vafayev
10 noyabr 2021, 17:17

O‘zbekiston xom ashyo manbasi bo‘lib qolmoqchi emas — Shuxrat Vafayev

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuxrat Vafayev Germaniyadagi anjumanda «O‘zbekistonning ambitsiyalari xom ashyo manbasi bo‘lib qolishdan ko‘ra kengroq» ekanligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat global yetkazib berish zanjirlarida yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun ishlab chiqarish va qayta ishlashning bir qismini o‘ziga olishi mumkin.

«Faqat ichki bozorga yo‘naltirilgan mahalliylashtirishdan ma’no yo‘q» — Shuhrat Vafoyev
10 noyabr 2021, 16:50

«Faqat ichki bozorga yo‘naltirilgan mahalliylashtirishdan ma’no yo‘q» — Shuhrat Vafoyev

Germaniyada bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekistonda mahalliylashtirish va o‘zbek konteyner kranlarining sifati masalasi ko‘tarildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev faqat ichki bozorga yo‘naltirilgan mahalliylashtirish haqida gapirishdan ma’no yo‘q ekanligini tan oldi. «Biz bunga o‘zimizning achchiq tajribamizdan ham, o‘sha paytda import o‘rnini bosish bilan shug‘ullangan boshqa Lotin Amerikasi davlatlarining tajribasidan ham amin bo‘ldik», — dedi u.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
10 noyabr 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 35,21 so‘mga ko‘tarilib, 10 715,30 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Sabzi narxlari 4−5 barobargacha arzonlashdi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi
10 noyabr 2021, 16:11

Sabzi narxlari 4−5 barobargacha arzonlashdi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Noyabr oyida sabzining narxi 2021 yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4−5 barobargacha arzonlashdi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining prognozlariga ko‘ra, narxlar 2022 yil bahori — kutiladigan yangi hosilga qadar shu darajada saqlanib qoladi.

«O‘zbekneftgaz» $700 mln miqdorida debyut yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi
10 noyabr 2021, 11:25

«O‘zbekneftgaz» $700 mln miqdorida debyut yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi

«O‘zbekneftgaz» AJ o‘z tarixida ilk bor London fond birjasida 700 mln AQSh dollari miqdoridagi yevroobligatsiyalarini 7 yil muddatga 4,75% stavkada muvaffaqiyatli joylashtirdi. Xalqaro obligatsiyalar 120 dan ortiq Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Yevropa xamda Osiyo mamlakatlari investorlari orasida taqsimlanganligi aytilmoqda.

Suv tanqisligi tufayli GESlarda ishlab chiqarish hajmi qariyb 25 foizga kamaygan
10 noyabr 2021, 09:48

Suv tanqisligi tufayli GESlarda ishlab chiqarish hajmi qariyb 25 foizga kamaygan

O‘zbekistonda suv sathining pastligi tufayli gidroelektr stansiyalari unumdorligi 23 foizga kamaydi, bu esa mamlakatning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlarga olib keldi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

COVID-19 ga qarshi kurash xarajatlari 3 trln so‘mdan 4,3 trln so‘mga yetkazildi
9 noyabr 2021, 22:54

COVID-19 ga qarshi kurash xarajatlari 3 trln so‘mdan 4,3 trln so‘mga yetkazildi

Epidemiologik vaziyat yomonlashganligi sababli COVID-19 ga qarshi kurash tadbirlari uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori qayta ko‘rib chiqildi va ko‘zda tutilgan 3 trln so‘mdan 4,3 trln so‘mga yetkazildi. Qo‘shimcha mablag‘lar respublika budjetidan ajratib kelinmoqda.

O‘zbekiston aholisining katta qismi asosiy daromad manbai oylik ish haqi ekanini ma’lum qildi
9 noyabr 2021, 20:42

O‘zbekiston aholisining katta qismi asosiy daromad manbai oylik ish haqi ekanini ma’lum qildi

Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnomada qariyb 70 foiz ishtirokchi daromadlarining asosiy manbai oylik ish xaqiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. 28 foiz respondent jamg‘armalari 1 oygacha, 16 foizi 1−3 oyga yetishini ma’lum qilgan bo‘lsa, 42 foiz qatnashchi damg‘armalari mavjud emasligini bildirdi.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi — prezident
9 noyabr 2021, 17:07

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yildan 40 yoshdan oshgan barcha fuqarolar yiliga kamida bir marta manzilli skriningdan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Yurak-qon tomir kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri yuritiladi. Tumanlardagi har bir mahallada «gipertoniya salomatlik maktablari»ni tashkil etiladi.

Bir haftada auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
9 noyabr 2021, 16:57

Bir haftada auksion orqali 9,4 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

1 — 7 noyabr kunlari onlayn auksion orqali jami 9,4 mlrd so‘mlik 3663 ta avtoraqam sotildi. Shuningdek, birja savdolari orqali jami 1 trln 442,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
9 noyabr 2021, 16:51

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,91 so‘mga pasayib, 10 680,09 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

Buxoroda elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
9 noyabr 2021, 12:05

Buxoroda elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Buxoro viloyatida elektromobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Loyiha Koreyaning Songuo Mobility Innovation kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 1 mlrd 210 mln dollarga teng.

Barcha sohalarda Germaniya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda — Shavkat Mirziyoyev
9 noyabr 2021, 10:41

Barcha sohalarda Germaniya tajribasini joriy etish rejalashtirilmoqda — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi va barcha sohalarda Germaniya tajribasidan foydalanish bo‘yicha rejalar haqida gapirdi. «Nima uchun men Karl Marksni ko‘p o‘rganaman?.. Qanday inqirozlarga duch kelishidan qat’i nazar, ta’lim bor, bilim bor, ilm bor. Ilm natijasida, mana, Germaniyaning iqtisodiyoti inqirozda qanchalar tik turibdi», — deya ta’kidladi prezident.

iFly Airlines`ga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish vaqtincha taqiqlandi
9 noyabr 2021, 10:24

iFly Airlines`ga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish vaqtincha taqiqlandi

«O‘zaviatsiya» agentligi Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasining O‘zbekistonga parvozlariga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Avvalroq kompaniya agentlikdan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotgan.

Yil boshidan buyon davlat aktivlarini xususiylashtirishdan 420 mln dollardan ortiq daromad kelib tushdi
9 noyabr 2021, 09:25

Yil boshidan buyon davlat aktivlarini xususiylashtirishdan 420 mln dollardan ortiq daromad kelib tushdi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 4,5 trln so‘mlik (420 mln dollardan ortiq) 619 ta davlat aktivlari sotildi. 2022 yilda 32 ta yirik obyektni davlat ulushi bilan sotish, «O‘zsanoatqurilishbank»ni xususiylashtirish rejalashtirilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
8 noyabr 2021, 16:16

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,26 so‘mga pasayib, 10 693 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

«Kelishilmagan xarakatlar». Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi boshqa ko‘plab savollarni keltirib chiqardi
8 noyabr 2021, 15:58

«Kelishilmagan xarakatlar». Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi boshqa ko‘plab savollarni keltirib chiqardi

«O‘zkomnazorat» qonunda belgilangan talabni bajardi, shunga qaramasdan, regulyator rahbari ishdan bo‘shatildi, qonunbuzarlar ro‘yxatidan esa barcha ijtimoiy tarmoqlar ham chiqarib tashlangani yo‘q. Misol uchun, «VKontakte», Twitter, WeChat, TikTok va Skype hanuz qora ro‘yxatda. «Kelishilmagan harakatlar» ortidan ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi va javobsiz qolayotgan savollar haqida mutaxassislar fikri.

O‘zbekiston 9 oyda 289 mln litr benzin import qilgan
7 noyabr 2021, 12:57

O‘zbekiston 9 oyda 289 mln litr benzin import qilgan

Davlat staistika qo‘mitasiga ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.

9 oyda O‘zbekistonga 1,2 mlnga yaqin turist tashrif buyurgan
5 noyabr 2021, 18:43

9 oyda O‘zbekistonga 1,2 mlnga yaqin turist tashrif buyurgan

9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting