Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 10 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 12,91 so‘mga pasaydi va 10 680,09 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 20,32 so‘mga ko‘tarildi va 12 382,50 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,67 so‘mga ko‘tarildi va 150,44 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,26 so‘mga pasayib, 10 693 so‘mni tashkil qilgandi.