O‘zbekiston 9 oyda 289 mln litr avtomobil benzini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln dollarga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.

O‘zbekistonga avtomobil benzinini asosan Rossiyadan (140,5 mln litr). Turkmanistondan (126,8 mln litr), Qozog‘istondan (16 mln litr), Iroq davlatlaridan (3,6 mln litr) import qilingan .

Shuningdek, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida 815,2 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning sentabr oyida «Gazeta.uz» O‘zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-98 markali benzin ishlab chiqarilgani haqida xabar bergandi. 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining sentabr oyi маълумотларига ko‘ra, yil boshidan beri benzin narxi 28,2 foizga, propan esa — 27,3 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida Ai-91 narxi 9400 so‘mga, Ai-92 — 9100 so‘mgacha, Ai-95 — 11200 so‘mgacha ko‘tarilgan edi.