Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 11 noyabrdan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 35,21 so‘mga ko‘tarildi va 10 715,30 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 23,67 so‘mga ko‘tarildi va 12 406,17 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,11 so‘mga ko‘tarildi va 151,55 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,91 so‘mga pasayib, 10 680,09 so‘mni tashkil qilgandi.