Iqtisodiyot

O‘zbekistonda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tashkil etilmoqda
16 fevral 2022, 13:16

O‘zbekistonda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi. Inspeksiya Davlat budjeti mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish, budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida ishlaydi.

Murod Nazarov Ocard suv brendi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini aytdi
15 fevral 2022, 19:34

Murod Nazarov Ocard suv brendi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini aytdi

Tadbirkor Murod Nazarov Ocard suv brendi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qiziga tegishli ekanini ma’lum qildi. Ocard savdo belgisi patenti J-United Group korxonasiga tegishli. Bu kompaniya ta’sischisi esa Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev hisoblanadi.

O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksining 2022-yilgi reytingida 9 pog‘onaga pastladi
15 fevral 2022, 17:47

O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksining 2022-yilgi reytingida 9 pog‘onaga pastladi

Heritage Foundation tomonidan e’lon qilingan “Iqtisodiy erkinlik indeksi — 2022” reytingida O‘zbekiston 55,7 ball to‘plagan holda 177 davlat orasida 117-o‘rinni egalladi. Indeks metodologiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan “erkin bo‘lmagan mamlakatlar” guruhida qoldi. Bundan tashqari, 119 davlatda (67,2 foizida) pasayish kuzatildi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
15 fevral 2022, 17:22

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,86 so‘mga pasayib, 10 837,16 so‘mga teng bo‘ldi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi
15 fevral 2022, 16:21

Avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilinishi ortidan bozorda yuqori o‘sish kuzatildi

2022 yil yanvar oyida 113,2 ming dona (2021 yanvariga nisbatan 126,4% ko‘p) avtotransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bunday o‘sishga 1 yanvardan avtomobillarni sotib olganlik uchun yig‘imning to‘liq bekor qilinishi va oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirishda undiriladigan davlat boji BHMning 3 barobarigacha kamaytirilishi sabab bo‘lgan.

Prezident elektromobillar tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi
15 fevral 2022, 11:12

Prezident elektromobillar tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi

Uch oy ichida O‘zbekistonda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi kutilmoqda. Prezident elektromobillar uchun butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ularga texnik talab va standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

UzAuto Motors mijozlarga mashina yetkazib berish sanasi ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi — prezident
14 fevral 2022, 22:21

UzAuto Motors mijozlarga mashina yetkazib berish sanasi ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi — prezident

Prezident topshirig‘iga muvofiq, UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlariga avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuborishi kerak.

Wildberries O‘zbekiston bozoriga kirib keldi
14 fevral 2022, 17:17

Wildberries O‘zbekiston bozoriga kirib keldi

Rossiyaning Wildberries onlayn-riteyleri O‘zbekistonda ish boshladi, Toshkentda esa birinchi tarqatish punkti ishga tushdi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
14 fevral 2022, 16:25

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,62 so‘mga pasayib, 10 844,02 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

Brent neftining narxi oxirgi yetti yillikdagi cho‘qqisiga ko‘tarildi
14 fevral 2022, 16:02

Brent neftining narxi oxirgi yetti yillikdagi cho‘qqisiga ko‘tarildi

14 fevralga o‘tar kechasi Brent markali neft narxi bir barrel uchun 96,05 dollargacha ko‘tarildi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich. Neft narxi 2021 yilning boshidan beri deyarli uzluksiz qimmatlashmoqda.

«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiyalashni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin
11 fevral 2022, 14:26

«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiyalashni moliyalashtirishda ishtirok etishi mumkin

«Gazprombank» Samarqand aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini moliyalashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekiston 2021 yil dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib oldi
11 fevral 2022, 10:25

O‘zbekiston 2021 yil dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib oldi

Butunjahon Oltin Kengashi O‘zbekiston 2021 yilning noyabr oyida 21,5 tonna oltin sotib, dekabr oyida 8,4 tonna oltin sotib olganini ma’lum qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston oltin zaxirasi miqdori 11,6 troy unsiyani, uning qiymati esa 20,94 mlrd dollarni tashkil etadi.

Yanvar oyida so‘m kursi 0,8 foizga mustahkamlandi
10 fevral 2022, 18:10

Yanvar oyida so‘m kursi 0,8 foizga mustahkamlandi

Yanvar oyida so‘mning real samarali almashuv kursi indeksi 2021 yil dekabr oyiga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlandi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga, 2018 yilning iyuniga nisbatan 6,3 foizga o‘sgan. So‘m kursining o‘sishiga savdo-hamkor davlatlar valyuta kurslarining qadrsizlanishi sabab bo‘lgan.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
10 fevral 2022, 16:37

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,24 so‘mga ko‘tarilib, 10 851,24 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Rossiya qishloq xo‘jaligi ishlariga O‘zbekistondan 1100dan ortiq migrantni jalb etadi
10 fevral 2022, 13:20

Rossiya qishloq xo‘jaligi ishlariga O‘zbekistondan 1100dan ortiq migrantni jalb etadi

Rossiya hukumatining migrantlarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasiga ko‘ra, mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga 1108 nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari jalb qilinadi.

30 aprelgacha o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i QQSdan ozod qilindi
10 fevral 2022, 12:57

30 aprelgacha o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i QQSdan ozod qilindi

O‘simlik yog‘i, kungaboqar, soya danagi va zig‘ir urug‘ini olib kirish, o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha QQS imtiyozlari 30 aprelga qadar uzaytirildi. Bunga qadar imtiyoz muddati 2021 yilning 1 mayidan 31 dekabrigacha amalga qilgandi.

Jahon banki Doing Business reytingining «vorisi» ustida ishlamoqda
9 fevral 2022, 20:59

Jahon banki Doing Business reytingining «vorisi» ustida ishlamoqda

Jahon banki Doing Business xalqaro reytingi o‘rniga ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha Business Enabling Environment reytingi ustida ishlamoqda. Uning dastlabki konsepsiyasini taqdim etib, respondentlarni bu bo‘yicha muhokamada fikr bildirishga taklif qildi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
9 fevral 2022, 19:40

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 5,11 so‘mga pasayib, 10 835 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

«Qayta ko‘rib chiqish mumkin». «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari — «inomarka» larni olib kirishdagi boj haqida
9 fevral 2022, 19:28

«Qayta ko‘rib chiqish mumkin». «O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari — «inomarka» larni olib kirishdagi boj haqida

«O‘zavtosanoat» rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar importiga qo‘yilgan bojxona boji o‘ta yuqori degan fikrga qo‘shilishini ma’lum qildi. Uning fikricha, bojxona to‘lovini «qayta ko‘rib chiqish mumkin». U shuningdek, iqtisodchi Yuliy Yusupovning avtomobil sanoati monopoliyasi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi.

Yanvar oyida kam daromadli oilalar daromadining 60% qismini oziq-ovqatga sarfladi
9 fevral 2022, 18:31

Yanvar oyida kam daromadli oilalar daromadining 60% qismini oziq-ovqatga sarfladi

Yanvar oyida kam daromadli oilalar xarajatlarining 60 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu oilalarda xarajatlarning oziq-ovqatga yo‘naltirilgan qismi yuqori daromadli guruhga nisbatan 1,7 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu oyda daromadi nisbatan kamroq uy xo‘jaliklari guruhlarining oziq-ovqat inflyatsiyasi 14,2 foizga teng bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting