Iqtisodiyot

Blekautlar — elektr ta’minotidagi yirik uzilishlarning iqtisodiy zararlari
26 yanvar 2022, 22:27

Blekautlar — elektr ta’minotidagi yirik uzilishlarning iqtisodiy zararlari

Bugungi kunda aholining kundalik hayot tarzi, iqtisodiyotning qator ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining uzluksiz faoliyati bevosita elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq. Elektr energiyasi ta’minotidagi keng ko‘lamli uzilishlar jamiyatga va iqtisodiyotga juda katta zarar keltiradi. «Gazeta.uz» maqolasida blekautlar va ularning iqtisodiy zararlari haqida so‘z yuritiladi.

O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga muddati 10 yil bo‘lgan obligatsiyalarni joylashtirdi
26 yanvar 2022, 17:44

O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga muddati 10 yil bo‘lgan obligatsiyalarni joylashtirdi

O‘zbekiston ilk bor valyuta birjasiga 10 yil muddatga 10 mlrd so‘mlik davlat obligatsiyalarini joylashtirdi. Bundan tashqari, 174,5 mlrd so‘mlik muomala davri 5 yil bo‘lgan obligatsilar ham birjaga chiqarildi.

O‘zbekistonda 2021-yilda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
26 yanvar 2022, 17:03

O‘zbekistonda 2021-yilda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

2021-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 107,4 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilgan nisbatan 6,8 foiz yoki 19,3 trln so‘m ko‘proqni tashkil etgan. Qurilishlarning 94,8 foizi nodavlat tashkilotlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi
26 yanvar 2022, 16:20

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,03 so‘mga pasayib, 10 803,97 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pastladi. Ushbu o‘zgarishlar 27 yanvardan kuchga kiradi.

O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil qildi
26 yanvar 2022, 14:53

O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 3,2 mln so‘mni tashkil qildi

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda 2021 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 20 foizga o‘sib, 3,2 mln so‘mga yetganini ma’lum qildi. Biroq ushbu raqamlar amaldagisidan farq qilishi mumkin. Bunga sabab qishloq xo‘jaligi va kichik biznes subyektlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar umumiy statistikada aks etmagan.

2021 yilda O‘zbekiston 809 dona elektromobil import qilgan
26 yanvar 2022, 11:36

2021 yilda O‘zbekiston 809 dona elektromobil import qilgan

2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan. Ularning 90% Xitoydan olib kelingan. Elektromobillar importi 2020 yilga nisbatan 679 taga yoki 6,2 baravarga oshgan.

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 140-o‘rinni egalladi
25 yanvar 2022, 14:04

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 140-o‘rinni egalladi

Transparency International xalqaro tashkilotining 2021 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 2020 yilga nisbatan 6 pog‘onaga yuqorilab, 180 davlat ichida 140-o‘rinni egalladi. Tashkilotning yozishicha, so‘nggi o‘n yil ichida 131 mamlakat korrupsiyaga qarshi sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Moliya vazirligi raqobat va biznes qarorlariga ta’sir qiluvchi imtiyozlarni bekor qilishni taklif qilmoqda
25 yanvar 2022, 11:42

Moliya vazirligi raqobat va biznes qarorlariga ta’sir qiluvchi imtiyozlarni bekor qilishni taklif qilmoqda

Xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar olib kirishda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi mumkin. Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonovning fikricha, ular O‘zbekistonda biznes qarorlarini qabul qilish va raqobat muhitiga ta’sir qiladi.

Hukumat qarorlari, ota-onalarning ma’lumoti va daromadi, boladagi bilim olishga rag‘bat — ta’limdagi tengsizlikning ildizi qayerda?
25 yanvar 2022, 10:49

Hukumat qarorlari, ota-onalarning ma’lumoti va daromadi, boladagi bilim olishga rag‘bat — ta’limdagi tengsizlikning ildizi qayerda?

Ta’limni yuqori bosqichga ko‘tarish va malakali kadrlar tayyorlash uchun mamlakatda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining o‘zi yetarli emas. Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishishda institutsional omillardan tashqari, ota-onaning ma’lumoti va daromad darajasi, ular tomonidan bolalarga ajratilgan vaqt, oilaviy muhit hamda boladagi ta’lim olishga bo‘lgan rag‘bat hal qiluvchi ahamiyatga ega. Iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova — ta’limdagi tengsizlikka ta’sir qiluvchi omillar haqida.

O‘zbekistonda «Gazprombank» vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi
24 yanvar 2022, 19:50

O‘zbekistonda «Gazprombank» vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi

Markaziy bank «Gazprombank» (Rossiya Federatsiyasi) vakolatxonasini akkreditatsiya qildi. Vakolatxona bankning O‘zbekistonda xalqaro biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish, amalga oshirilayotgan tashabbus va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgani aytildi.

Alisher Usmonovning USM holdingi sho‘ba korxonasi «Ohangaronsement» aksiyalarining 98,6 foizini sotib oldi
24 yanvar 2022, 19:14

Alisher Usmonovning USM holdingi sho‘ba korxonasi «Ohangaronsement» aksiyalarining 98,6 foizini sotib oldi

Alisher Usmonovning USM holdingiga qarashli kompaniya tomonidan tashkil etilgan Akkermann Cement CA «Ohangaronsement» aksiyalarining 98,6 foizini sotib oldi. «Bu yerda olinadigan barcha foyda O‘zbekistonda qoladi va respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yo‘naltiriladi», — dedi Akkermann Cement kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Anton Selyavko.

«Bozorga katta miqdorda soxta valyuta chiqib ketgan» — MB raisi
24 yanvar 2022, 18:58

«Bozorga katta miqdorda soxta valyuta chiqib ketgan» — MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov O‘zbekiston bozoriga «katta miqdorda soxta valyuta chiqib ketgani» haqida xabar berdi. Bankomatlar soxta kupyuralarni farqlamagani bois, ularning faoliyati vaqtincha cheklangan. Nurmuratov, shuningdek, xususiy valyuta ayriboshlash shoxobchalariga doir o‘z qarashlarini ham bildirib o‘tgan.

Afg‘oniston transafg‘on temir yo‘lining yo‘nalishini tasdiqladi
24 yanvar 2022, 18:00

Afg‘oniston transafg‘on temir yo‘lining yo‘nalishini tasdiqladi

«Tolibon» hukumati O‘zbekistonni Pokiston portlari bilan bog‘laydigan Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘l yo‘nalishi Bag‘lon va Bomiyon orqali o‘tishini ma’lum qildi.

2026-yilgacha dori ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshiriladi
24 yanvar 2022, 16:33

2026-yilgacha dori ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshiriladi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilgacha dori vositalarini ishlab chiqarishni 3 barobarga oshirish vazifasi belgilandi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlar ichki bozorning 80 foizini egallashi ko‘zda tutilmoqda. Farmasevtika sohasida rejalashtirilgan muhim o‘zgarishlar haqida.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
24 yanvar 2022, 16:26

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 20,02 so‘mga pasayib, 10 825 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pastladi. Ushbu o‘zgarishlar 25 yanvardan kuchga kiradi.

Oybek Tursunov «Kapitalbank» afillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi
24 yanvar 2022, 11:17

Oybek Tursunov «Kapitalbank» afillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi

Prezidentning kuyovi, tadbirkor Oybek Tursunov «Kapitalbank»ning afillangan shaxslar ro‘yxatidan chiqarildi. 2021 yilning noyabr oyi boshida u ushbu bankdagi ulushini 50 foizga oshirib, afillangan shaxslar ro‘yxatiga kirgandi.

Energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish — «kun tartibimizda» — Mamarizo Nurmuratov
21 yanvar 2022, 23:35

Energiya resurslari narxlarini erkinlashtirish — «kun tartibimizda» — Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov energiya resurslari tariflarini liberallashtirish masalasi «kun tartibidagi masala» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bozor narxlariga o‘tishni Qozog‘istondagi vaziyat bilan taqqoslab bo‘lmaydi.

MB 1000 so‘mlik kupyuralarni tangalarga almashtirishni rejalashtirmoqda
21 yanvar 2022, 18:22

MB 1000 so‘mlik kupyuralarni tangalarga almashtirishni rejalashtirmoqda

Markaziy bank 1000 so‘mlik yangi banknotlarni muomalaga chiqarish niyatida emas. Kupyurani tangalarga almashtirish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov. Hozirda 1000 so‘mlik kupyuralar deyarli muomaladan chiqqan — 2021 yilda ularning naqd pul tarkibidagi ulushi 1,4 foizgacha kamaydi.

Cobalt 2021-yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi
21 yanvar 2022, 17:43 1

Cobalt 2021-yilda Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi

2021-yil davomida Qozog‘istonda 29 mingdan ortiq Chevrolet mashinalari xarid qilinib, kompaniya mamlakat bozorida eng ko‘p mashina sotgan brendga aylandi. Qozog‘istonliklar ko‘proq Cobalt (14605) va Nexia (10809) avtomobillarini xarid qilishgan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
21 yanvar 2022, 17:08

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,95 so‘mga ko‘tarilib, 10 845,02 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yuqoriladi. Ushbu o‘zgarishlar 24 yanvardan kuchga kiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting