O‘simlik yog‘i, kungaboqar, soya danagi va zig‘ir urug‘i uchun QQS imtiyozlari 4 oyga uzaytirildi. Bu prezident 9 fevral kuni imzolagan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunda nazarda tutilgan.

Avvalroq, asosiy oziq-ovqat mahsulotlar, jumladan, o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i importi va realizatsiyasi uchun QQS berilgan imtiyozlar muddati 2022 yilning 30 apreligacha uzaytirish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi ishlab chiqilgani haqida yozgandik.

Adliya vazirligining xabar berishicha, yangi tartibga muvofiq quyidagilarning QQSdan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:

  • O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
  • o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

Bunga qadar, ushbu mahsulotlar 2021 yil 31 dekabrgacha QQSdan ozod qilingandi.

Bundan tashqari, endilikda avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash ham talab etilmaydi.