Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 16 fevraldan kuchga kiradi.

  • 1 AQSh dollari 6,86 so‘mga pasaydi va 10 837,16 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 30,17 so‘mga ko‘tarildi va 12 296,93 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 2,98 so‘mga ko‘tarildi va 143,33 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 16,62 so‘mga pasayib, 10 844,02 so‘mni tashkil etgandi.