Iqtisodiyot

«O‘zavtosanoat» rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi
21 fevral 2022, 20:50

«O‘zavtosanoat» rahbari avtomobil sotib olishdagi navbatlarni sotish sxemasini oshkor qildi

Uzauto Motors avtomobillarini xarid qilishdagi navbatlar buzilishi dilerlar bergan hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda sodir bo‘lmoqda, deya ma’lum qildi «O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mashina olishdagi navbatlarni aylanib o‘tish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo ma’lumotlar bazasini YHXBB ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashni rejalashtirmoqda. Hozirda mashina sotib olish uchun navbat 52 mingtagacha kamaygan. Shuningdek, u ishlab chiqarish hajmi yetishmasligini mahalliylashtirish darajasining pastligi bilan izohladi

Yengil avtomobil chiqarish pandemiyadan oldingi davrdan ortda qolmoqda
21 fevral 2022, 19:49

Yengil avtomobil chiqarish pandemiyadan oldingi davrdan ortda qolmoqda

Yanvar oyida O‘zbekistonda 14 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan qariyb 2 baravarga ko‘proq. Lekin 2021 yilning yanvarida avtomobil zavodida ishlab chiqarish to‘xtatilgan. Shuningdek, yil boshida qiymati 3,1 mln dollarga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilindi.

UzAutoMotors 2021 yil uchun 5,3 trln so‘m utilizatsiya yig‘imi to‘lashi kerak — iqtisodchi Otabek Bakirov
21 fevral 2022, 18:51

UzAutoMotors 2021 yil uchun 5,3 trln so‘m utilizatsiya yig‘imi to‘lashi kerak — iqtisodchi Otabek Bakirov

2020 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va import qilinadigan avtotransport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etilgan. Biroq ushbu yig‘im bo‘yicha undirilgan to‘lovlar bo‘yicha so‘nggi 1,5 yil davomida ma’lumotlar berilmagan. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, Uzauto Motors ushbu yig‘im bo‘yicha 2020 yil avgust-dekabr oylari uchun qariyb 2,5 trln so‘m, 2021 yil uchun esa kamida 5,3 trln so‘m to‘lashi kerak.

2021-yilda iste’molchilar huquqlarini buzgan 466 nafar bank xodimi jarimaga tortilgan
21 fevral 2022, 18:20

2021-yilda iste’molchilar huquqlarini buzgan 466 nafar bank xodimi jarimaga tortilgan

Markaziy bank 2021-yilda iste’molchilarning huquqlarini buzgan 16 ta tijorat banki va 8 ta mikrokredit tashkilotidan jami 1 mlrd 177 mln so‘m miqdorida jarimalar undirdi. Shundan 829 mln so‘mi qoidabuzarliklarga sababchi bo‘lgan 466 nafar bank xodimi hisobidan qoplangan. Qolaversa, yil davomida banklardan iste’molchilarga 25,4 mlrd so‘m qaytarib berilgan.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi
21 fevral 2022, 16:43

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 713,9 mln dollarga kamaydi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1 feral holatida mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi 34,425 mlrd dollarni tashkil etib, yanvarga nisbatan 713,9 mln dollarga kamaydi. Bunda asosiy rolni xorijiy valyutadagi zaxiralarning 532,6 mln dollarga kamayishi o‘ynagan. Oltin zaxiralari miqdori o‘zgarmagan bo‘lsada, uning qiymati bu oyda 175,1 mln dollarga kamaydi.

To‘rt nafar o‘zbekistonlikning Shveysariya bankidagi hisob raqamlari ochiqlandi
21 fevral 2022, 13:41

To‘rt nafar o‘zbekistonlikning Shveysariya bankidagi hisob raqamlari ochiqlandi

Jurnalistlar Shveysariyaning Credit Suisse bankidagi hisob raqamlari bo‘yicha sizdirilgan ma’lumotlarni o‘rgandi. Bank xizmat ko‘rsatgan mijozlar orasida O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning rafiqasi, Tennis federatsiyasining sobiq rahbari Igor Shepelev, Timur Tillayevning qarindoshi va Alisher Usmonovning singlisi bor.

O‘zbekiston va Eron investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etishga kelishdi
21 fevral 2022, 12:32

O‘zbekiston va Eron investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tashkil etishga kelishdi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda investitsiya, transport va logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mitalarni tashkil etishga kelishilgan. O‘zbekiston-Eron hamkorligini har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan kelishuvlarni qamragan qo‘shma «Yo‘l xaritasi» qisqa muddatda ishlab chiqilishi va imzolanishi kutilmoqda.

«Faqat auksion orqali». Toshkent hokimi va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari — texnoparkdagi yer ajratishlar haqida
21 fevral 2022, 10:37

«Faqat auksion orqali». Toshkent hokimi va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari — texnoparkdagi yer ajratishlar haqida

Prezident 210 gektar maydonda barpo etiladigan «Yangihayot» texnoparki loyihasi bilan tanishar ekan, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitovga yer ajratishlar tanish-bilish orqali bo‘lmaydimi, deya savol berdi. «Faqat auksion orqali», deb javob berishdi ikkala rahbar ham bir ovozda.

«Sekin-sekin bojxona to‘lovlari nol bo‘lishi kerak». Shavkat Mirziyoyev — «inomarka”lar importi bo‘yicha
20 fevral 2022, 11:44

«Sekin-sekin bojxona to‘lovlari nol bo‘lishi kerak». Shavkat Mirziyoyev — «inomarka"lar importi bo‘yicha

Prezident avtomashinalar importiga bojxona to‘lovlari bosqichma-bosqich «nol bo‘lishi» kerakligini aytdi. Shavkat Mirziyoyev xaridorlar oldindan to‘lov amalga oshirilganiga qaramay, mashina uchun bir yil kutishga majbur bo‘lishini adolatsizlik deb atadi.

O‘zbekistonda antiradar aniqlay olmaydigan «aqlli» qurilmalardan foydalanish boshlandi
19 fevral 2022, 19:02

O‘zbekistonda antiradar aniqlay olmaydigan «aqlli» qurilmalardan foydalanish boshlandi

Namangan viloyatida antiradarlar aniqlay olmaydigan lazer tizimiga ega «aqlli» qurilmalar o‘rnatilmoqda. Turkiya kompaniyasi viloyatda «aqlli radar sistemalarini» ishlab chiqarish uchun 10 mln dollarlik investitsiya kiritdi.

Xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek oy oxirida to‘lab beriladi
18 fevral 2022, 23:32

Xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek oy oxirida to‘lab beriladi

DSQ Soliq ilovasida yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xaridlardan qaytadigan 1 foizlik keshbek fevralning 21 − 25-sanalarida to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchacida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan
18 fevral 2022, 21:20

Toshkent viloyatidagi gaz quyish shoxobchacida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgan

Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 623 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Energetika vazirligi bu 35 ming xonadonning bir kunlik iste’moli uchun yetarli ekanini ta’kidladi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
18 fevral 2022, 16:16

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,19 so‘mga pasayib, 10 841,22 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Suriyaga ketishni rejalashtirishda gumon qilinayotgan fuqaro qo‘lga olindi
18 fevral 2022, 10:11

Suriyaga ketishni rejalashtirishda gumon qilinayotgan fuqaro qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumonlanayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Uning Telegram-akkaunti orqali Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Rashod Qori va boshqalarning ma’ruzalarini tanishlariga tarqatib kelgani aniqlangani ham ma’lum qilindi.

Jahon banki O‘zbekistonga milliy statistika tizimini modernizatsiya qilishga ko‘maklashadi
17 fevral 2022, 18:12

Jahon banki O‘zbekistonga milliy statistika tizimini modernizatsiya qilishga ko‘maklashadi

Jahon banki O‘zbekistonning milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha besh yillik loyihaga 50 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Ushbu mablag‘lar qisman 2023−2024 yillarda o‘tkaziladigan aholini va uy-joy fondini hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga ham yo‘naltiriladi.

«Elektromobillar kelajagi sari birinchi qadam». «O‘zavtosanoat» va BYD memorandum imzoladi
17 fevral 2022, 18:10

«Elektromobillar kelajagi sari birinchi qadam». «O‘zavtosanoat» va BYD memorandum imzoladi

«O‘zavtosanoat» va Xitoyning yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD Auto Industry o‘rtasida O‘zbekistonda elektromobil va elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. UzAuto rahbari o‘rinbosari Azizbek Shukurov buni «elektromobillar kelajagi sari birinchi qadam» deb atadi.

Yanvarda o‘zbekistonliklarga 500 mln dollardan ortiq xalqaro pul o‘tkazmalari yuborildi
17 fevral 2022, 16:43

Yanvarda o‘zbekistonliklarga 500 mln dollardan ortiq xalqaro pul o‘tkazmalari yuborildi

Yanvar oyida O‘zbekiston aholisi 506,1 mln dollar miqdorida transchegaraviy pul o‘tkazmalarini qabul qildi. Shuningdek, bu davrda aholi chet elga 127,6 mln dollar hajmida pul o‘tkazmalarini yubordi. Bu oyda aholi banklardan 613,6 mln dollar (2021 yilning mos davriga nisbatan 61 foizga ko‘proq) xorij valyutasi xarid qildi, tijorat banklari esa 464,2 mln dollar miqdorida valyuta sotib oldi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
17 fevral 2022, 16:32

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,33 so‘mga ko‘tarilib, 10 856,41 so‘mni tashkil qildi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

22 ta bojxona postini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga 370 mlrd so‘m ajratiladi
17 fevral 2022, 15:59

22 ta bojxona postini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga 370 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonga yil boshidan beri 364 kg giyohvandlik vositasi hamda 181 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy kirib kelishining oldi olingan. Shavkat Mirziyoyev kontrabandaga qarshi kurashish maqsadida 80 foiz tovar kirib keladigan 22 ta bojxona postini 3D-skaner, rentgen apparati, videokuzatuv kamerasi, transport tarozisi kabi uskunalar bilan jihozlashga ko‘rsatma berdi. Buning uchun esa 370 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
16 fevral 2022, 20:39

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 7,92 so‘mga ko‘tarilib, 10 845,08 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting