Wildberries xalqaro onlayn-riteyleri O‘zbekiston bozoriga kirib keldi, deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

«Biz O‘zbekistonda internet-do‘kon ishga tushganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz: bu mamlakat rezidentlari xalqaro ishlab chiqaruvchilarning keng assortimentidagi tovarlarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi, mahalliy biznes vakillari esa kelajakda Wildberries`ga borib, o‘z mahsulotlarini kompaniya faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlarda sotishlari mumkin bo‘ladi», — deya ixoh berdi Wildberries matbuot xizmati.

Tovarlarni yetkazib berish kompaniyaning shaxsiy logistika xizmati tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda Wildberries`ning kiyib ko‘rish kabinalari mavjud bo‘lgan tarqatish punktlari ham ochilmoqda, bu esa xarid qilishdan oldin kiyim va poyabzallarni tekshirib ko‘rish imkonini beradi. Agar ba’zi narsalar mos kelmasa yoki yoqmasa, ularni bepul qaytarib olish va pulni tezda qaytarib olish mumkin, deyiladi xabarda. Onlayn-riteylerning birinchi tarqatish nuqtasi Toshkentda ishga tushirildi.

O‘zbekiston tadbirkorlari mustaqil ravishda Wildberries tarqatish punktlarini ochib, tovar aylanmasining 3,5 foizigacha daromad olishlari mumkin bo‘ladi. Punktning ishi, kvitansiya va tovarlarni qaytarish mobil ilova orqali boshqariladi.

Wildberries — Rossiyadagi eng yirik onlayn-riteyler, bozorda 17 yildan beri faoliyat yuritadi va 19 mamlakatni qamrab oladi: Rossiya, Turkiya, AQSh, Polsha, Slovakiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar. Har kuni Wildberries`da 3,5 mln buyurtma ro‘yxatga olinadi. Onlayn-riteylerning auditoriyasi 113 mln kishidan oshadi. Kompaniya Forbes reytingida «Top-10 Runet sotuvchisi» reytingida birinchi o‘rinni egallagan.