Iqtisodiyot

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sdi
21 yanvar 2022, 16:30

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 16%ga o‘sdi

2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 16%ga o‘sib, $42,1 mlrdni tashkil etdi. Eksport hajmi 10%ga oshib, $16,6 mlrdga yetgan bo‘lsa, import 20,4%ga o‘sib, $25,46 mlrdni tashkil etdi. Sanoat tovarlari eksporti oltin eksportidan o‘zib ketdi.

«Pandemiya bo‘lmaganida imtiyozli kreditlardan voz kechgan bo‘lardik» — Mamarizo Nurmuratov
20 yanvar 2022, 21:04

«Pandemiya bo‘lmaganida imtiyozli kreditlardan voz kechgan bo‘lardik» — Mamarizo Nurmuratov

2021 yildan O‘zbekistonda imtiyozli kreditlash siyosatini bekor qilish rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu rejalarni keyinga surishga to‘g‘ri keldi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili imtiyozli shartlarda kreditlarning 24,6 foizi berilgan va bu 2018 yilga nisbatan 2 barobar kamdir. Shu bilan birga, imtiyozli kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlarning ulushi yuqori darajada qolmoqda.

MB asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi
20 yanvar 2022, 16:13

MB asosiy stavkani 14 foiz darajasida saqlab qoldi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. MBda o‘tgan yili inflyatsiyani yuzaga keltirgan asosiy omillar oziq-ovqat va energiya-yoqilg‘i mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada o‘sishi ekanligi ta’kidlandi. «Inflyatsion jarayonlar yil so‘ngida noaniqliklar va pandemik xatarlar fonida narxlarga uzoqroq muddat davomida bosim yaratishi mumkin», — deyiladi regulyator xabarida.

«Bu — o‘limning boshlanishi». Mahalliy ishlab chiqaruvchi — go‘sht importiga QQS va bojning bekor qilinishi haqida
20 yanvar 2022, 15:25

«Bu — o‘limning boshlanishi». Mahalliy ishlab chiqaruvchi — go‘sht importiga QQS va bojning bekor qilinishi haqida

Hukumat bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht importi va sotuvida QQSning nol stavkasini 30 aprelgacha uzaytirishni rejalashtirmoqda. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Jizzax Organic va Promeat chorvachilik va go‘sht yetishtirish sohasida ahvolning qanday kechayotgani, QQSdan ozod qilish qanday oqibatlar va xavf-xatarlarga olib kelishi, go‘sht narxi oshishining oldini olish uchun qanday muqobil yechim taklif qilishlari haqida so‘zladi.

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi
20 yanvar 2022, 10:08

2021 yilda «O‘zbekneftgaz» tizimida 717 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» jamiyati tizimida 2021 yilda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 717,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 91,9 mlrd so‘m kamomad va o‘zlashtirishlar, 57,8 mlrd so‘m jamiyatga zarar, 219,9 mlrd so‘m boshqa xato va kamchiliklarni tashkil qildi.

FTA O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 100 mln yevro qarz beradi
19 yanvar 2022, 17:31

FTA O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 100 mln yevro qarz beradi

Fransiya taraqqiyot agentligi 2022−2026 yillarda O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirishni moliyalashtirish maqsadida 100 mln yevro qarz ajratadi. Loyihaning umumiy qiymati 147,7 mln yevro bo‘lib, u dastlab Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida, keyinchalik qolgan hududlarda amalga oshiriladi.

100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi
18 yanvar 2022, 14:42

100 yosh va undan oshganlarning pensiyasiga qo‘shimcha pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 100 yosh va undan oshgan fuqarolarning nafaqasiga pensiyani hisoblashning bazaviy 100% miqdorida — 289 000 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilinadi. 1 yanvar holatiga mamlakatda 570 nafar 100 yosh va undan oshgan shaxs istiqomat qiladi.

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi
18 yanvar 2022, 13:11

Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi

2021-yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston Qozog‘istondan 639 mln dollar qabul qilib olgan, 102 mln dollar mablag‘ esa qo‘shni mamlakatga jo‘natilgan. Shu tariqa Qozog‘iston pul o‘tkazmalarining qariyb 30 foizi O‘zbekiston hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda LOCHIN uchuvchisiz dron ishlab chiqarildi
18 yanvar 2022, 11:35

O‘zbekistonda LOCHIN uchuvchisiz dron ishlab chiqarildi

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi markaz O‘zbekistonda ilk uchuvchisiz dron ishlab chiqardi. LOCHIN apparati — razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, ma’lumot olish, artilleriya o‘t ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajara oladi. Qolaversa, qurilmadan qishloq xo‘jaligida hamda qo‘riqxonalarni, yo‘llarni, ijtimoiy infratuzilma va muhim obyektlarni kuzatishda foydalanish mumkin (video).

2024-yil yakunigacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari soliqdan ozod qilinadi
18 yanvar 2022, 09:37

2024-yil yakunigacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari soliqdan ozod qilinadi

Prezident qarori bilan 2022-yil 1-apreldan 2024-yil 31-dekabrgacha jismoniy shaxslarning aksiyalardan olgan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi. Norezident yuridik shaxslar uchun esa 5% stavkada foyda solig‘i tadbiq etiladi.

Ulkan Mulk «Bildirsoy» dam olish maskanini sotib oldi
17 yanvar 2022, 23:27

Ulkan Mulk «Bildirsoy» dam olish maskanini sotib oldi

Mahalliy Ulkan Mulk kompaniyasi «Bildirsoy» dam olish maskanini kanat yo‘li bilan birga 107 mlrd so‘mga sotib oldi. Xaridorga daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish majburiyati ham yuklatilgan.

Halol ishlagan tadbirkorga soliq yuki kamayishi kerak — Sherzod Qudbiyev
17 yanvar 2022, 23:22

Halol ishlagan tadbirkorga soliq yuki kamayishi kerak — Sherzod Qudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev mol-mulk solig‘ining 2 foizdan 1,5 foizga tushirilishi halol ishlab kelgan tadbirkorlar manfaati uchun xizmat qilishini ta’kidladi. U ayrim tadbirkorlar kamroq soliq to‘lash uchun obyekt narxini past ko‘rsatgani, endilikda ular ham belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda soliq to‘lashlarini ta’kidladi.

Quadro IH DMCC «Poytaxt» biznes markazi egasiga aylandi
17 yanvar 2022, 22:34

Quadro IH DMCC «Poytaxt» biznes markazi egasiga aylandi

Birlashgan Arab Amirliklarining Quadro IH DMCC kompaniyasi «Poytaxt» biznes markazini sotib olish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘ldi. Bitim narxi — 164 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kompaniya shuningdek, 6 mln dollardan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish majburiyatini ham olgan.

Xususiy tibbiyot muassasalari ham aylanma, foyda va yer solig‘idan ozod etildi
17 yanvar 2022, 20:28

Xususiy tibbiyot muassasalari ham aylanma, foyda va yer solig‘idan ozod etildi

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, tibbiyot muassasalari tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod qilindi. Qolaversa, tibbiyot muassasalari egallab turgan yerlar soliq solinmaydigan yer uchastkalari ro‘yxatiga kiritildi, foyda solig‘i esa 0% stavkada qo‘llanishi belgilandi.

«Malika» savdo majmuasini Premium Prime Service qo‘lga kiritdi
17 yanvar 2022, 20:08

«Malika» savdo majmuasini Premium Prime Service qo‘lga kiritdi

Premium Prime Service kompaniyasi ommaviy savdo yakunlari bo‘yicha Toshkent shahridagi «Malika» savdo majmuasini qo‘lga kiritdi. Investorga 100 mlrd so‘m sarmoya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyati ham yuklatilgan.

O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘di
17 yanvar 2022, 18:14

O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 mlrd so‘mdan ortiq keshbek yig‘di

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev 17 kun ichida «Soliq» mobil ilovasida qariyb 38 ming iste’molchi xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu orqali o‘zbekistonliklar 7 mlrd 12 mln so‘mdan ko‘proq keshbekni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, qo‘mita rahbari xarid cheki bermayotgan tabirkorlik subyektlari jarimaga tortilishini eslatib o‘tdi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
17 yanvar 2022, 18:05

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,00 so‘mga pasayib, 10 824,97 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

«Malika» savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va Bildirsoy oromgohi sotildi
17 yanvar 2022, 17:42

«Malika» savdo majmuasi, Poytaxt biznes markazi va Bildirsoy oromgohi sotildi

«Malika» savdo majmuasi — 125 mlrd so‘mga, Poytaxt biznes markazi — 164 mlrd so‘mga, «Bildirsoy oromgohi» kanat yo‘li bilan birga — 107 mlrd so‘mga, qolaversa, «No'kis vinozavodi» AJning 51% ulushi — 17,5 mlrd so‘mga sotildi. Xaridorlarga belgilangan miqdorda investitsiya kiritish hamda daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriyga rioya qilish talabi qo‘yilgan.

UzAuto Motors aksiyalari birjada sotuvga qo‘yiladi
17 yanvar 2022, 16:18

UzAuto Motors aksiyalari birjada sotuvga qo‘yiladi

Prezident qaroriga asosan UzAuto Motors va UzAuto Motors Powetrain jamiyatlarining 100 foiz aksiyasi fond birjasida sotuvga chiqariladi. Shuningdek, yana 6 ta aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonga charter reyslarni amalga oshiruvchilarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi
17 yanvar 2022, 13:32

O‘zbekistonga charter reyslarni amalga oshiruvchilarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi

Prezident farmoni bilan 2022 yilda boshqa mamlakatlardan charter reyslarni tashkil etuvchi turistik kompaniyalar va aviatashuvchilarga har bir xorijiy sayyoh uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori kamaytirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting