Emlash boshlanganidan beri 10 mln nafardan ortiq aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan turli bosqichlarda emlandi, deya xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oy mobaynida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 20 mln 557 ming 091 dozasi emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan 10 mln 369 ming 913 dozasi 1-bosqichda, 5 mln 929 ming 066 dozasi 2-bosqichda, 4 mln 258 ming 112 3-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 78 foizini tashkil qilmoqda.

Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:

  • 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 1 mln 312 ming 937 doza,
  • tibbiyot xodimlari — 621 ming 243 doza,
  • maktab o‘qituvchilari — 1 mln 136 ming 886 doza,
  • MTM xodimlari — 438 ming 186 doza,
  • surunkali kasalligi bor fuqarolar — 1 mln 782 ming 408 doza va boshqalar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan.

Avvalroq O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini yurtimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar berilgan edi. 30 sentabr va 13 oktabr kunlari mamlakatda ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasi SESga topshirildi.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 274 ming nafardan ortiq aholi «Sputnik V» bilan turli bosqichlarda emlandi. Bugunga kelib ushbu vaksinaning 498 ming 406 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan 274 ming 821 dozasi 1-bosqichda, 223 ming 585 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 2 foizini tashkil qilmoqda.

Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:

  • 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 138 ming 651 doza,
  • tibbiyot xodimlari — 86 763 doza,
  • maktab o‘qituvchilari — 891 doza,
  • MTM xodimlari — 188 doza,
  • surunkali kasalligi bor fuqarolar — 146 ming 494 doza «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 oktabr kuni Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan «Sputnik V» vaksinasining birinchi partiyasi 260 ming 500 dozada SES xizmati vakillariga topshirildi.

Shuningdek, emlash boshlanganidan beri 1 mln 448 ming 211 doza AstraZeneca qo‘llanildi.

Shundan 798 ming 703 dozasi 1-bosqichda, 649 ming 508 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 5 foizini tashkil qilmoqda.

Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlami orasida:

  • 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 360 ming 522 doza,
  • tibbiyot xodimlari — 279 ming 461 doza,
  • maktab o‘qituvchilari — 23 493 doza,
  • MTM xodimlari — 7 194 doza,
  • surunkali kasalligi bor fuqarolar — 35 052 doza AstraZeneca vaksinasi bilan emlangan.

Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.

O‘zbekistonda 1 mln 371 ming nafardan ortiq aholi Moderna bilan to‘liq bosqichlarda emlandi. Bugungi kunga qadar jami Moderna vaksinasining 2 mln 865 ming 418 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan 1 mln 493 ming 482 dozasi 1-bosqichda, 1 mln 371 ming 936 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinalarning 11 foizini tashkil qilmoqda.

Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:

  • 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 57 358 doza,
  • tibbiyot xodimlari — 24 409 doza,
  • maktab o‘qituvchilari — 35 617 doza,
  • MTM xodimlari — 11 465 doza,
  • surunkali kasalligi bor fuqarolar — 108 ming 488 doza Moderna vaksinasi bilan emlangan.

Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.

Bundan tashqari, AQShda ishlab chiqarilgan Pfizer vaksinasining 1 mln 015 ming 920 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanildi.

Shundan 672 ming 103 dozasi 1-bosqichda, 343 ming 817 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 4 foizini tashkil qilmoqda.

Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida:

  • 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 15 372 doza,
  • Tibbiyot xodimlari — 2 371 doza,
  • Maktab o‘qituvchilari — 2 544 doza,
  • MTM xodimlari — 1 030 doza,
  • Surunkali kasalligi bor fuqarolar — 17 146 doza Pfizer vaksinasi bilan emlangan.

Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.

Cyentyab oyining oxirida O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tgach, ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida COVID-19`ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berilgan edi.

4 noyabr kuni «Gazeta.uz» mamlakatda 246 ming 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar koronavirusga qarshi Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangani haqida yozgan edi.

O‘zbekistonda 1 030 nafar fuqaro Sinovac vaksinasi bilan to‘liq emlandi. Shu kunga qadar Sinovac vaksinasining 84 653 dozasi emlash jarayonlarida foydalanildi.

Shundan 83 623 dozasi 1-bosqichda, 1 030 dozasi 2-bosqichda bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinaning 0,3 foizini tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr, 20 oktabr va 21 oktabr kunlari O‘zbekistonga Sinovac vaksinasi olib kelingan edi.