Bugun tunda O‘zbekistonga Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelindi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu vaksina GAVI Xalqaro vaksinalar alyansining COVAX dasturi doirasida yuborilgan.

O‘zbekistonga keltirilgan va ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 31 mln dozadan oshdi.

Shunday qilib, mamlakatda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 31 mln 283 ming 538 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan 1 mln 594 ming 480 dozasi AstraZeneca, 23 mln 177 ming 998 dozasi ZF-UZ-VAC2001, 720 ming 500 dozasi «Sputnik V», 3 mln 060 dozasi Moderna, 1 mln 726 ming 500 dozasi Pfizer/BioNTech, 1 mln 064 ming dozasi Sinovac vaksinasidir.

Shundan 24 mln 300 ming 975 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr kuni O‘zbekistonga 200 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelingan edi.

Ma’lumot uchun, 1 noyabrga qadar aholining 70 foizini emlash rejalashtirilgan.