Cog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 1300 ga yetdi. 21 oktabr kuni 3 ta o‘lim qayd etilgan.

Shu kuni 398 ta yangi kasallanish holatlari aniqlangan, o‘tgan yilning mart oyidan beri kasallanganlarning umumiy soni 182,8 mingga yetdi.

Kun davomida 14 ta pnevmoniya holati ham aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi pnevmoniya bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qila boshlagan 5 iyuldan buyon 27,6 ming holat qayd etilgan, 26,1 mingga yaqin odam sog‘aygan.