3 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 246 033 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi, deb xabar bermoqda SSV.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bolalarni koronavirusga qarshi emlash ko‘rsatkichlari Farg‘ona (61 287 doza), Namangan (56 600 doza), Andijon (24 122 doza) viloyatlarida yuqori.

Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert комиссиясинингқарорига asosan, 28 sentabrdan beri O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda Pfizer vaksinasi bilan emlash ishlari boshlangan.