Chirchiq hokimi (Toshkent viloyati) hokimi Sanjar Yusupov 21 oktabr kuni barcha savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obx’ektlari xodimlarini koronavirusga qarshi emlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi. Hujjat E-Qaror portalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bir hafta davomida tadbirkorlik va barcha turdagi savdo obyektlari hamda aholiga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining (umumiy ovqatlanish joylari, go‘zallik salonlari va boshqa turdagi) ishlab chiqarish obyektlarida mehnat faoliyatini olib boruvchi xodimlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash maqsadida mobil brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ushbu ishchilarni emlash shahar tibbiyot birlashmasidagi emlash punktlarida ham amalga oshiriladi.

Buyruqda Mehnat kodeksining yaqinda yangilangan 113-moddasiga asosan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyatini tugatish hamda emlashni asossiz rad etgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqida so‘z boradi. Qayd etish joizki, ushbu moddaga ko‘ra, ish beruvchi profilaktik emlashni rad etgani uchun xodimni ishdan chetlashtirishi mumkin, ammo ishdan bo‘shata olmaydi.

Respublika maxsus komissiyasining 17 iyuldagi kengaytirilgan yig‘ilishida 14 toifadagi 18 yoshdan katta bo‘lgan aholi qatlami ommaviy ravishda emlanishi shartligiga oid qaror qabul qilindi. Unga asosan, 2021 yil 1 sentabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza, 1 oktabrgacha 2-doza, 1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi.

«Gazeta.uz» iyulda 1 noyabrgacha O‘zbekiston aholisining 70 foizini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilayotgani haqida xabar qilgan edi.