Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari soni kuniga 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich, deb xabar berdi TASS.

Yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 8 mln 279 ming 573 nafarga yetdi. Sog‘ayganlar soni kuniga 20 690 taga oshdi, jami 7 186 661 kishi kasallikdan tuzaldi.

Qayd etilishicha, sog‘ayganlarning nisbati infeksiya yuqtirganlar umumiy sonining 86,8 foizigacha pasaygan.

Bir kunda koronavirusdan vafot etganlar soni 1,069 taga ko‘paydi va umumiy o‘lim holatlari 231,669 taga yetdi. Shunday qilib, mamlakatda ketma-ket yetti kun davomida kasallikdan 1000 dan ortiq o‘lim qayd etildi.