27 oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 176 ming 791 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan, deb xabar berdi SSV.

Bolalarni koronavirusga qarshi emlanishning yuqori ko‘rsatkichlari Farg‘ona (37 395 doza), Namangan (34 479 doza), Andijon (22 502 doza) viloyatlarida qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, 28 sentabrdan beri O‘zbekistonda 12 yoshdan katta bolalarni ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda Pfizer vaksinasi bilan emlash ishlari boshlangan.

JSST tomonidan ham 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan.

18 oktabr kuni AQSh O‘zbekistonga 526,5 ming doza Pfizer vaksinasiниюборган edi. 25 oktyabda esa yana 273 ming 780 dozasi qabul qilindi.