23 yanvar holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1296 nafarni (jami 215063 kishini) tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich shanba kundagi holat (1478 ta)ga qaraganda 182 taga kam.

Eng ko‘p holat Toshkent shahri (493 ta), Farg‘ona viloyati (178 ta), Toshkent viloyati (152 ta), Buxoro viloyati (70 ta) va Qoraqalpog‘istonda (63 ta) aniqlangan. Qolgan hududlarda esa 23 tadan (Sirdaryo) 57 tagacha (Namangan) virus yuqtirib olish holatlari qayd etilgan.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 204217 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1542 nafarni tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, 172 kishida pnevmoniya aniqlandi.