Chorshanba kuni O‘zbekistonda 1300 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV.

19-yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1307 nafarni tashkil etmoqda. Virusga chalinganlar soni oldingi kunga nisbatan yana 93 nafarga ortgan (1214).

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi yana Toshkent shahrida (568 nafari) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.


Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1529 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu tarzda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlarning soni jami 209578 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni koronavirusning kunlik holati 1214 taga yetib, antirekord yangilangan edi. Bunga qadar, eng ko‘p holat 16 yanvar kuni — 1037 kishida virus qayd etilgandi.