Ketma-ket uchinchi kun koronavirusga chalinishlari soni ortib bormoqda, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

20 yanvar, payshanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1321 nafarga ko‘paydi.

Eng ko‘p holat Toshkent shahrida (524 ta), Farg‘ona viloyati (173) va Toshkent viloyatida (158 ta) qayd etildi.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 201712 (+466) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1532 nafarni tashkil qildi.

Uchinchi kut ketma-ket antirekord yangilanmoqda — seshanba kuni 1214 kishida, chorshanba kuni esa 1307 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.