18 yanvar, seshanba kuni 1214 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar bermoqda SSV. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan (17 yanvar) kunga qaraganda 279 taga ko‘p holat qayd etilgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning umumiy soni 208271 nafarni tashkil etmoqda.

Shundan eng ko‘p holat Toshkent shahri (542 ta), Toshkent viloyati (181 ta) va Farg‘ona viloyatiga (161 ta) to‘g‘ri kelmoqda. Qolgan hududlarda esa 50 tadan kamroq kasallanishlar aniqlangan.


Kasallikdan sog‘ayganlar jami 200512 (+640) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1525 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval, 16 yanvar kuni O‘zbekistonda pandemiya davridan beri ilk marotaba 1037 kishida koronavirus aniqlangan edi. Unga qadar esa kunlik kasallanishlarning eng ko‘pi 2021 yilning 5 avgustda qayd etilgandi — 974 kishida COVID-19 aniqlangan.