14 yanvar kuni yurtimizda 876 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu oldingi kun qayd etilgan holatdan 52 taga ko‘p. Kunlik kasallanish ketma-ket 7 kun davomida ortmoqda.

O‘zbekistonda pandemiya boshlangandan beri ushbu kasallikka chalinganlar soni 204173 (+876) nafarni tashkil etmoqda. Juma kuni aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahriga (450 nafardan ortiq bemor) to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (135 nafar), Jizzax viloyati (53 nafar), Samarqand viloyati (48 nafar) va Xorazm viloyatlari (37 nafar) qayd etilgan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1513 nafarni tashkil qildi. Bundan tashqari, kasallikdan sog‘ayganlar jami 198 283 (+341) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foiz ekani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni 824 kishida virus aniqlangani xabar qilingandi.