16 yanvar, yakshanba kuni koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich 1000dan oshib ketdi. Bu pandemiya vaqtidan beri kuzatilgan eng yuqori natija, deya xabar bermoqda SSV. Kasallanganlar soni oldingi kunga nisbatan yana 105 nafarga ortgan (932 nafar).

16 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206122 (+1037) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining yarmi — 535 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Foto: SSV

️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarga yetdi.

SSV aholidan kasallik ortgani bilan ortiqcha xavotirga berilmaslikni, karantin qoidalariga qat’iy rioya etib, koronavirusga qarshi to‘liq emlanishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, kunlik kasallanishlarning eng ko‘pi 2021 yilning 5 avgustda qayd etilgandi — 974 kishida COVID-19 aniqlangan.