21 yanvar, juma kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yuqtirib olganlar soni 1390 nafarga ko‘paydi, deb xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Eng ko‘p kunlik holat Toshkent shahri (576 ta), Toshkent viloyati (183 ta), Farg‘ona viloyati (142 ta), Surxondaryo viloyati (77 ta), Buxoro viloyatida (59 ta) qayd etildi. Qolgan hududlarda esa 19 tadan 57 tagacha holatda virus aniqlangan.


2020 yilning martidan beri koronavirusni jami 212289 kishi yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 202149 (+437) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1536 nafarni tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi pnevmoniya bilan kasallanganlar sonini yana e’lon qila boshladi. Juma kuni 289 kishida pnevmoniya aniqlangan.