15 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 912 nafarni tashkil qildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

14 yanvar kuni 876 ta holat kuzatilgan. Kunlik kasallanish ketma-ket 8 kun davomida ortmoqda. Pandemiya boshlangandan buyon rasman qayd etilgan holatlarning umumiy soni 205 mingdan oshdi.

15 yanvar kuni kasallanganlar sonining yarmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi — 456. Toshkent viloyatida 137 ta, Jizzaxda 51 ta, Samarqandda 49 ta, Xorazmda 38 ta holat qayd etildi. Boshqa viloyatlarda bu ko‘rsatkich 7 tadan (Navoiy) 31 tagacha (Namangan viloyati) aniqlangan.

Kun davomida 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1515 nafarni tashkil qildi.