dayjest

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Davlat rahbari Qozon shahrida “Kelajak o‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. Qolaversa, ikki davlat yetakchilarining uchrashuvi ham reja qilingan.


dayjest

Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi — elchixona

Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyadagi deportatsiya markazidan chiqarildi. Avvalroq O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi unga huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qilgan edi.


dayjest

Toshkent bir muddat havo ifloslanishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi

Toshkent chorshanba tongida havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoridan yana joy oldi. Ichkaridagi datchiklar ham yuqori darajadagi ifloslanishni ko‘rsatdi. Buning sabablari ob-havo sharoiti, mazutdan foydalanishning ko‘payishi va qor yog‘ishi paytida ko‘chalarga tuproqli aralashmalar sepilgani bo‘lishi mumkin.


dayjest

O‘zbekistonda kuzdan ijtimoiy karta joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalarda imtiyozlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.


dayjest

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi

Mahmud Istamov o‘rniga Qo‘qon shahrining sobiq prokurori Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Bir necha kun avval viloyatning Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.


dayjest

Qozog‘iston rahbari davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektor bilan raqobatbardosh qilishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat xizmatchilarining maoshlarini xususiy sektorniki bilan raqobatbardosh qilishni va davlat xizmatiga kadrlar yollashni “erkinroq” qilishni taklif qildi. U davlat apparatida ayollar sonini ko‘paytirishga ham chaqirdi, chunki ular korrupsiyaga “moyil emas”.


dayjest

AQSh G‘azoda o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya tayyorladi — OAV

AQSh G‘azo sektorida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini tayyorladi. Hujjat, shuningdek, Isroilning Rafah shahrida amalga oshirishni rejalashtirgan quruqlikdagi operatsiyasi oqibatlaridan ogohlantiradi. Vashington birinchi marta Isroil va XAMAS o‘rtasidagi sulhni ochiqcha qo‘llab-quvvatlamoqda.


dayjest

OKMK fabrikasida o‘nlab ishchilarni tom bosib qolgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-sonli misni boyitish fabrikasida temir konstruksiyalar qulab tushgani yuzasidan mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.


dayjest

Xalqaro IT sertifikat olgan yoshlarga imtihon xarajatlarining 60 foizgacha qismi qoplab beriladi

O‘zbekistonda xalqaro IT sertifikat olgan yoshlar imtihon xarajatlarining 60 foizigacha qismi miqdorida kompensatsiya olishi mumkin. Avval yuqori darajadagi bunday sertifikatga 50 foiz kompensatsiya to‘lanardi. Agar mutaxassisda ingliz tilidan B2 daraja bo‘lsa, IT sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplanadi.


dayjest

O‘zbekistonda gaz, neft va boshqa energiya resurslarini qazib olish hajmi pasayishda davom etmoqda

Yanvar yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,99 mlrd kub metrni tashkil etdi, bu 2023-yil yanvariga nisbatan 9,4 foizga kam, so‘nggi oylardagi hajmlardan esa yuqori. Neft, ko‘mir, benzin va dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish hajmi ham pasaygan. Ishlayotgan sanoat korxonalari 25,2 mingtaga kamaydi.


dayjest

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Umra ziyorati bilan shug‘ullanuvchi 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi

Transport prokuraturasi Turizm qo‘mitasidan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi bilan hamkorlik qilgan va minglab O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistonida qolib ketishiga sababchi bo‘lgan 39 ta turfirma faoliyatini to‘xtatib turishni so‘radi. Turfirmalarning mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


dayjest

BOMCA O‘zbekiston davlat idoralariga chegara nazoratini yaxshilash uchun uskunalar topshirdi

Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi O‘zbekiston davlat idoralariga chegara bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratini yaxshilash uchun qiymati 54,5 ming yevrolik uskunalar sovg‘a qildi.


dayjest

O‘zbekistonga 2023-yilda 7 millionga yaqin sayyoh keldi

2023-yilda O‘zbekistonga 7 mln nafarga yaqin chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi. Ularning mamlakatda qolish muddati o‘rtacha to‘rt kungacha uzaydi, bu 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ko‘p, deydi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev.


dayjest

O‘zbekistondagi bir nechta banklar Contact xizmati bilan ishlash to‘xtatilgani haqida xabar berdi

O‘zbekistondagi bir qancha banklar Contact pul o‘tkazmalari tizimi bilan ishlashni to‘xtatganini ma’lum qildi. Ushbu xizmatning operatori QIWI Bank bo‘lib, uning litsenziyasi Rossiya Markaziy banki tomonidan qaytarib olindi.


dayjest

Ispan kompaniyasi O‘zbekistonda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishi mumkin

Madriddagi O‘zbekiston elchixonasida Ispaniyaning BioGreen Road kompaniyasi vakillari bilan qishloq xo‘jaligida suv resurslarini boshqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya suvni gelga makromolekulyar aylantirish texnologiyasi taqdimotini o‘tkazdi.


dayjest

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘lini rekonstruksiya qilishni boshladi (+ foto)

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida Hayraton — Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilishning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’mirlash ishlarining birinchi bosqichiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tomonidan 120 nafar ishchi jo‘natildi. Foto.