2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda gaz qazib olish 3,99 mlrd kub metrgacha pasaydi, deyiladi “Gazeta.uz” o‘rgangan Statistika agentligining sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha hisobotida.

Mamlakatda energoinqiroz yuz bergan 2023-yilning yanvariga nisbatan ishlab chiqarish 9,4 foizga yoki 317,3 mln kub metrga kamaydi. Ayni vaqtda bu 2023-yil mart oyidan beri eng yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichi hisoblanadi (4,16 mlrd kub metr).

benzin, gaz, кўмир, sanoat ishlab chiqarishi, статистика, elektr energiyasi, энергия ресурслари, нефть

benzin, gaz, кўмир, sanoat ishlab chiqarishi, статистика, elektr energiyasi, энергия ресурслари, нефть

Yilning birinchi oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 7,05 mlrd kVt/soatni (+0,5 foiz) tashkil etdi. Ammo bu dekabrdagi ko‘rsatkichdan 3 foizga kam (7,27 mlrd kVt/soat).

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 80−85 foizi gazda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalariga hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq fotoelektr stansiyalarining yangi quvvatlari ishga tushirilishi bilan ularning ulushi kamayib bormoqda.

Ko‘mir qazib olish 2023-yilning yanvariga nisbatan 13,8 foizga qisqardi, ko‘rsatkich 357,8 ming tonnani (-57,2 ming tonna) tashkil etdi. Dekabr bilan solishtirganda (456,7 ming tonna), pasayish 98,9 ming tonnani tashkil qildi.

benzin, gaz, кўмир, sanoat ishlab chiqarishi, статистика, elektr energiyasi, энергия ресурслари, нефть


Neft qazib olish 60,5 ming tonnagacha (-6,3 foiz yoki 4 ming tonna) kamaydi, bu 2022-yil fevralidan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Ishlab chiqarish ketma-ket oltinchi oy qisqarmoqda.

Oy davomida 124,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi, bu 2023-yilning yanvariga nisbatan 10,8 foizga yoki 15 ming tonnaga kam. Shu bilan birga, bu o‘tgan yilning iyul oyidan beri maksimal eng katta ko‘rsatkich (133,2 ming).

Dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish 0,6 foizga yoki 300 tonnaga kamayib, 50,2 ming tonnani tashkil etdi.

Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish 6,2 foizga — 3,07 mlndan 2,87 mln Gkalgacha qisqardi, gaz kondensati ishlab chiqarish esa 111,7 ming tonnagacha oshdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 25,2 mingtaga — 68,69 mingtagacha kamaygan (so‘nggi besh yildagi eng past ko‘rsatkich), ammo shunga qaramay, sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi o‘tgan yilgi inqirozli yanvarga nisbatan 16,6 foizga oshgan.

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish hajmi ham kamaydi. Ko‘mir qazib olish esa 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha oshdi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish hajmi ham oshdi.

2023-yili O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz import qildi. Yetkazib berish hajmlari orasidagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichidagi ulkan gaz zaxiralariga qaramay, bunday holat yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan omillarni tahlil qilgandi.