Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMCA) 20-fevral kuni Bojxona qo‘mitasi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va O‘simliklarni himoya qilish agentligiga 54,5 ming yevrolik asbob-uskunalar topshirdi, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, masofaviy bojxona punktlari bilan aloqani ta’minlash maqsadida Bojxona qo‘mitasiga 150 dona ko‘chma radiopriyomniklar topshirildi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasiga o‘tkazish joylarida ishlayotgan veterinariya mutaxassislariga masofadan turib ta’lim berish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun interfaol panel taqdim etildi.

Mazkur qurilmalar BOMCA 10 dasturining “Chegaralar orqali qonuniy savdo oqimlariga ko‘mak berish” uchinchi Kompotenti doirasida bojxona, fitosanitariya va veterinariya nazoratini yaxshilashning aniq maqsadlari bilan xarid qilingan.