dayjest

O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila sezildi

Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.


dayjest

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.


dayjest

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda

Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.


dayjest

Jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi

Jurnalist, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi. Yaqinlari unda homiladorlik davri og‘ir kechganini aytmoqda. U 2014-yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.



dayjest

“Kapital sug‘urta” jarimaga tortildi va faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

“Kapital sug‘urta” qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagani sabab 162 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 11-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.


dayjest

Keshbek bo‘yicha cheklov fuqarolarning 98 foiziga ta’sir o‘tkazmaydi — Soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, keshbek limiti xaridlarni amalga oshiruvchi fuqarolarning 98 foiziga ta’sir qilmaydi. Qo‘mita cheklovlar ba’zi odamlar boshqa odamlarning cheklarini va bu orqali keshbeklarini o‘zlashtirayotgani sabab joriy etilganini tasdiqladi.


dayjest

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mld dollar investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.


dayjest

Ombudsman Navoiydagi koloniyada Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi

Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.


dayjest

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani aytilmoqda

Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Haydovchi bilan birga yetti kishi halok bo‘ldi.


dayjest

Tashkent Pharma Park hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.


dayjest

Senat IIO xodimlari tasvirlarini internetda tarqatish bo‘yicha yangi normaga izoh berdi

Senat IIO xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi normaga izoh berib, bunday harakatlarni taqiqlash va jazolash Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlar qonunchiligida mavjudligini ta’kidladi.


dayjest

O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.


dayjest

Qayta tiklanadigan energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi belgilandi.


dayjest

Prezident Toshkent viloyatidagi mudofaa sanoati klasteri faoliyati bilan tanishdi

Toshkent viloyatida Mudofaa sanoati agentligining ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Uning bir-biriga bog‘langan ustaxonalari harbiy texnika, radiolokatsiya qurilmalari, o‘qotar va artilleriya qurollarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. obyektga prezident tashrif buyurdi.


dayjest

Telegram`da ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarga nisbatan hukm o‘qildi

Sud Telegram`dagi pulli kanallarda ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarni 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Sud ishi bo‘yicha 62 kishi, jumladan, 55 nafar ayol jabrlanuvchi va da’vogar bo‘lgan.


dayjest

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — FVV

Prezident Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadini, shuningdek, jabrlangan ikki nafar fuqaroni Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.