O‘zbekiston Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi ️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan mamlakatga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxatini e’lon qildi.

2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra

Diniy qo‘mita yuqoridagi sahifa va kanal materiallarini tarqatish va ularga “Yoqdi” (Like) tugmasini bosmaslikka chaqirgan.

Qo‘mita avvalgi ro‘yxatni 2023-yil may oyida e’lon qilgandi. Avvalgi ro‘yxatda 500 ga yaqin sahifa va kanallar kiritilgan bo‘lsa, yangi ro‘yxatda ularning soni 800 dan ortadi.

Shu bilan birga, diniy mazmundagi quyidagi g‘oyalar aks etgan materiallar tegishli qonun hujjatlariga ko‘ra O‘zbekiston hududida tayyorlash va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy yoki ijtimoiy mavqeiga qarab yoki boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoxud o‘zga shaxslar mahsulotlarini obro‘sizlantirish;
  • O‘zbekistonning mavjud konstitutsiyaviy tuzumi, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat qilish;
  • urush, zo‘ravonlik, terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm va separatizm g‘oyalarini targ‘ib etish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni tarqatish;
  • diniy e’tiqodni o‘zgartirishga da’vat qilish;
  • dindorlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish yoki kamsitish;
  • fuqarolarni o‘z konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarmaslikka chaqirish;
  • davlat, jamoat yoki diniy tashkilotlarning huquqlari va mol-mulkiga tajovuz qilishga undash.

diniy qo‘mita, рўйхат, taqiqlangan materiallar

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning yanvar oyida Texnika universiteti 4-kurs talabasi Sardor Rahmonqulov diniy qo‘shiqlarni tanishlari orasida tarqatgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Diniy qo‘mita xulosasiga ko‘ra, aqidaparastlik g‘oyasiga asoslangan ushbu nashidani O‘zbekiston hududiga olib kirish va tarqatish taqiqlanadi.

Mart oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 22 yoshli talaba Sardor Rahmonqulovga nisbatan jazoni shartli jazo bilan almashtirib, uni sinov muddati bilan ozod qilgan.

Shuningdek, mayda YouTube`dagi nashidani Telegram-guruhga yuborgan 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nashidada aqidaparastlik g‘oyalari borligini ma’lum qilgan.

Biroq voqea ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘ldi. Aksariyat fuqarolar unga nisbatan tayinlangan jazoni o‘ta og‘ir va adolatsiz deb hisobladi.

Oradan vaqt o‘tib, Toshkent viloyati IIBB 21 yoshli yigit nashida uchun 3 yilga qamalgani bo‘yicha aytilayotgan ayrim fikrlar noxolisligi, tergov idoralari ishni to‘g‘ri malakalaganini bildirdi. U Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkiloti ma’ruzalarini tinglab, ularning g‘oyaviy ta’siriga tushgan, deyilgandi xabarda.

Iyul oyida Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirdi. Jahongir Ulug‘murodov darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

Shuningdek, iyulda Namanganda “aqidaparastlik materiallari, shu jumladan nashidalar”ni tarqatgani uchun 23 yoshli yigitga 5 yilga qamoq, uning 19 yoshli singlisiga 2 yilga “uy qamog‘i” jazosi tayinlandi. Singil videolarni akasi tarqatgani, bu ishga uni aloqasi yo‘qligini aytgan, biroq keyin aybiga iqror bo‘lgan.