Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi

Rassom Inkuzart Toshkentda yangi rasm chizdi. U o‘ylamay sarf qilinayotgan suvga bag‘ishlangan.

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi

Qonunchilik palatasi deputalari radarlar masalasini muhokama qilib, tadbirkorlar “tuzoq” qo‘ymasligi kerakligini aytishdi. Jamoat faollari esa “ularning fikrlarini populistik gaplar” deb atab, “haqiqiy va tirik deputatlar” aslida yo‘llardagi o‘limlar sonini kamaytirishni o‘ylashi lozimligini ta’kidlashdi.

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi

Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki guruhi prezidenti uchrashuvida bankning Maslahat kengashi ko‘magida investitsiyalar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Citibank O‘zbekistonda sho‘'ba banki ofisini ochishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan bilan uchrashuvda ma’qulladi.

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi

O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.

Samarqandda 3 kunlik chaqalog‘ini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

Oqdaryo tumanida ayol bir yigitdan homilador bo‘lib, buni yaqinlaridan yashirish maqsadida tug‘ilajak farzandini 50 mln so‘mga sotib yubormoqchi bo‘ldi. Sud unga nisbatan 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Qarshi shahri hokimining o‘zini 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qarori bekor qilindi

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini uning sektori “Eng tashabbuskor sektor” deb e’tirof etilgani uchun 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qaror chiqargandi. Qashqadaryo viloyati hokimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasiga binoan bu qarorni bekor qildi.

Visa kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi

Markaziy Osiyoda 30 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan Visa raqamli to‘lovlar kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya rahbarlari mazkur yangilik mamlakatda barcha moliya institutlari va savdo hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun yordamning kuchayishini qayd etdi.

JIDUning maksimal ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talabasi prezident grantida o‘qiydi

“Temurbeklar maktabi” imtiyozi sababli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 189 ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talaba prezident grantida o‘qiydi. Yana bir shunday talabaning ham muammosi hal qilingan. “Temurbeklar maktabi” kvotalarini esa alohidalashtirish ishlari olib borilmoqda.

15 turdagi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati kengaytirildi. Unga minora kranlari, o‘zgaruvchan tok generatorlari va boshqalar kiritildi.

“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maqola:

Fotosuratlarda Toshkent tarixi: Markaziy bog‘dagi yoshlar karnavali

1950−1960-yillarda sentabrning ilk dam olish kunlari yosh toshkentliklar uchun shahar Markaziy bog‘idagi karnaval bilan bog‘liq edi. “Gazeta.uz” shahar aholisidan yoshliklaridagi karnavalni qanday eslashlari va u nima uchun o‘tkazilgani haqida so‘radi. O‘zbekiston Milliy arxivi bayram suratlarini taqdim etdi.