2022 yilda O‘zbekistonda oyliklar va JSHODS to‘lovlarida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi

2022 yilda O‘zbekistonda oyligidan soliq to‘layotganlar soni 215 mingga oshib, 5 mln kishiga yetdi. Ularning aksariyati hali ham 1−2 mln so‘m maosh oladi, biroq ularning ulushi pasayishda davom etmoqda. Shu bilan birga, 4−5,5 mln so‘m va undan ortiq maoshga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar soni keskin oshgan.

Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoq faoli Abror Muxtor Aliy 6 mln so‘m jarimaga tortildi. U avvalroq jurnalist Nikita Makarenkoni haqorat qilgandi.

Hukumat poytaxtda ko‘p qavatli avtoturargohlar qurishni rejalashtirmoqda

Buning uchun maxsus davlat muassasasi tashkil etiladi va unga yer maydonlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi. Dastlab transportlar ko‘p to‘planuvchi 4 ta manzilda turargoh barpo etiladi. Ular onlayn auksionda tadbirkorlarga sotiladi.

Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etish uchun 79,5 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident farmoni bilan maktablarda 100 mingta bepul to‘garak tashkil etiladi. Bu uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Turkmaniston yuborgan bepul gaz Qoraqalpog‘iston va Xorazm aholisiga tarqatilmoqda

Turkmanistondan O‘zbekistonga yordam sifatida yuborilgan 2 ming tonna bepul suyultirilgan gazning yarmi Qoraqalpog‘iston aholisiga tarqatilmoqda. Qolgan ming tonna gaz Xorazm viloyatiga yuboriladi.

Xitoy hamkorligida yana ikki viloyatda 2000 MVtga teng quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Energetika vazirligi Jizzax va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVtga teng bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoyning ikki kompaniyasi bilan hamkorlik haqida kelishuv .

Surxondaryoda MCHJ rahbari chet el fuqarosidan 6 ming dollar olgani aytilmoqda

Termizda MCHJ rahbari chet el fuqarosidan O‘zbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 dollar talab qilib, shundan 6 mingini olganlikda gumonlanmoqda.

«O‘zarxiv»dagi 1917 yilgacha bo‘lgan davrga tegishli hujjatlardan 56 ta yig‘majild maxfiylikdan chiqarildi

O‘zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlaridan 56 ta yig‘majild o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday to‘siqsiz foydalanishlari mumkin.

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma sodir etganlikda gumonlanmoqda

Chimkent viloyatidagi qurol-yarog‘ do‘koniga hujum uyushtirildi. Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra, buni o‘zbekistonlik erkak sodir etgan va u qo‘lga olingan. Xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri voqea oqibatida jarohat olgan.

Uzbekistan Airways bahor-yoz jadvaliga o‘tadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 26 martdan bahor-yoz parvozlar jadvaliga o‘tadi. Mavsumda Nyu-York, Frankfurt, Riga, Tel-Aviv, Boku, Tbilisi kabi xalqaro yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar va mahalliy reyslar soni oshiriladi.

Poytaxt IIBB noma’lum shaxs maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlab olgan videoga izoh berdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktab yaqinida 12 yoshli o‘quvchining qo‘lidan ushlab olgan erkakning shaxsi aniqlandi. Tuman ichki ishlar xodimlari holatni o‘rganmoqda.

Qoraqalpog‘istonda Opel Astra va Matiz ishtirokidagi YTHda bir kishi vafot etdi

Beruniy tumanida Opel Astra va Matiz ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Voqea sabab Matiz avtomobilidagi yo‘lovchi vafot etdi. Ikkita haydovchi jarohatlari sabab shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda «Monedan Kandinskiygacha» multimedia ko‘rgazmasi namoyish etiladi

1 mart kuni Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da «Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob» multimedia ko‘rgazma namoyish etiladi. U yerda tashrifchilar to‘qqiz nafar modernizm rassomlarining asarlarini tomosha qilishi mumkin.

Surxondaryoning ikkita tumanida noqonuniy daraxt kesganlar aniqlandi

Termiz tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi istirohat bog‘idagi 1 tup daraxtni kesgani uchun boshqarma bosh muhandisi 3 mln so‘m jarimaga tortildi. Buning ortidan o‘simlik dunyosiga qariyb 5 mln so‘m zarar yetdi. Yana bir fuqaro saksovul kesib, o‘simlik dunyosiga 3,1 mln so‘m zarar yetkazdi.

Hafta davomida harorat 22 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda dushanbadan jumagacha havo harorati iliq bo‘ladi. Faqat chorshanba kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat asosan kechalari +2…+7, kunduzi +13…+18, ayrim kunlarda +20…+22 darajagacha isiydi.

OTV talabalarni toifalarga ajratish topshirig‘iga izoh berdi

Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov talabalarni odobiga ko‘ra guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergandi. Vazirlik buni «ma’naviy-moddiy muammolarni bartaraf etish, murabbiylar bilan do‘stlik muhitini yaratish» deya izohladi. Tartiblar OTMlarning ichki qoidalariga aloqador ekani aytildi.

«Novza» metro bekatida savdo shoxobchalari tiklanadi

Toshkent metropolitenining «Novza» bekatidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida savdo shoxobchalari tiklanadi. Bekat shaharsozlik normalariga javob berishi va yo‘lovchi oqimining me’yoridaligi sabab tanlangan. Pandemiyada faoliyati to‘xtatilgan shoxobchalarni tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha aniq tartib hozircha yo‘q.

Farg‘ona gornizonida jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Sharqiy harbiy okrugga qarashli garnizonda rejalashtirilgan jangovar-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu vaqtda shahar atrofida mashg‘ulotlar rejasiga muvofiq jangovar texnikalar harakatlandi. Sinovlarni ma’sullar kuzatib boradi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosarlar, turli tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi

Prezident O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosarlarini, shuningdek, vazirlik huzuridagi idoralar rahbarlarini tayinladi.

O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident Ilhom Norqulov, Erkin Rustamov, Adiz Boboyev, Anvar Karimov, Dilshod Sultanov va Gulnora Raximovani O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi. Omonullo Nasritdinxodjayev, Odilbek Isoqov va yana bir qancha rahbarlar moliya vaziri o‘rinbosarlari lavozimlarini tark etishdi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

100 yoshga to‘lgan «Mushtum»ning karikaturalari

100 yil avval — 1923 yil 18 fevralida Qodiriy asos solgan «Mushtum»ning ilk soni chiqqan. Tanqidiy hajviyalar istalgan nashrda chiqishi mumkin, ammo bu jurnalni ajratib turuvchi jihat — uning o‘tkir karikaturalari edi. «Gazeta.uz» «Mushtum»da chiqqan hajv-suratlar to‘plamini e’tiboringizga havola qiladi.

«Mushtum» ta’rifida

«Bu „Mushtum“ — zo‘rliq mushtumi emas, haqliq mushtumidir; bu „Mushtum“ — zolimlar mushtumi emas, mazlumlar mushtumidir. Shuning uchun buning ma’nosi ham boshqachadir… Tumshug‘ingiz ustiga yangi mehmon muborak bo‘lsin, afandilar!..»

Yig‘indi gaplar

«Darhaqiqat, mamlakatda islohotga muhtoj masalalar ko‘bdir. Masalan, kattalarga aql va basirat islohoti, […] yoshlarg‘a axloq va kiyim, xotinlarga jabru zulm, domlalarg‘a din va salla, […] va hokazo islohotlarga nihoyat darajada ehtiyoj ko‘bdir».