25-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida oltinchi spotting-tur bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda tadbirni tashkil etgan Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Tadbirda O‘zbekistonning turli shaharlaridan, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 30 dan ortiq aviaspotter ishtirok etdi. Hammasi bo‘lib 100 dan ortiq ariza topshirildi.

Airspotterlar Silk Avia, Uzbekistan Airways, MyFreighter, Flynas, Geodis, Loong Air, Air Astana, FlyArystan, Utair va boshqa yo‘lovchi hamda yuk tashuvchi aviakompaniyalarning uchish va qo‘nishlarini suratga oldi.

Anketalarni ko‘rib chiqishda, avvalgi bosqichlarda bo‘lgani kabi, bir nechta mezonlar — aviatsiya mavzulariga bag‘ishlangan shaxsiy veb sayt, blog yoki ijtimoiy media akkaunti mavjudligi, professional foto texnika, shuningdek, ixtisoslashtirilgan veb resurslardagi nashrlar inobatga olindi, deyiladi xabarda.

Foto

uzbekistan airports, aviaspotting

uzbekistan airports, aviaspotting

uzbekistan airports, aviaspotting

uzbekistan airports, aviaspotting

uzbekistan airports, aviaspotting

uzbekistan airports, aviaspotting

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk rasmiy aviaspotting 2021-yil 22-oktabrda bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, 2022-yil 26-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib, unda spotting-turlarni doimiy ravishda o‘tkazish nazarda tutilgan.

“Gazeta.uz” avvalroq ushbu faoliyat bilan shug‘ulannuvchi bolalar bilan suhbatlashgandi.