O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 14 pog‘ona yuqoriladi

Transparency International xalqaro tashkilotining 2022 yil uchun Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 126-o‘rinni egalladi. Bu 2021 yilgi ko‘rsatkichga (140-o‘rin) qaraganda 14 pog‘ona yuqori.

Qoraqalpog‘istonda yana gaz portlashi yuz berdi, 4 kishi jarohatlandi

Seshanba kuni Nukus tumani «Oqterak» mahallasidagi ikki qavatli uydagi xonadonda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi jarohat oldi, ularning ahvoli og‘irligi va tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Shaharlararo avtobus qatnovlariga onlayn chipta olish uchun «UzBus» mobil ilovasi ishga tushdi

Transport vazirligi Toshkent avtovokzalidan shaharlararo qatnovchi avtobuslarga onlayn chipta xarid qilish uchun «UzBus» mobil ilovasini ishga tushirdi. Shu vaqtgacha onlayn chipta faqat Avtoticket.uz sayti orqali olinayotgan edi.

Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi haqida batafsil:

Kallixanova, Turdanov, Smetullayev va Nuratdinov sud zalidan ozod qilindi

Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmida Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovlarga nisbatan ozodlikni cheklash va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi. Ular sud zalidan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.

Lolagul Kallixanova — eng katta xatosi, «Exo-kamera» va sud ishi haqida

Qoraqalpog‘iston voqealari ishi yuzasidan aybli deb topilgan va shartli ravishda ozod qilingan Lolagul Kallixanova o‘zining eng katta xatosi, «Exo-kamera»ga qanday tushib qolgani va chiqib keta olmagani, qolaversa, sud faoliyati haqida so‘zlab berdi.

«Men sotqin emasman. Tajimuratovning o‘zi haqiqiy sotqin» — Nukus voqealari bo‘yicha sudlanuvchi Azamat Nuratdinov

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealarida «yetakchilik qilish»da ayblangan Azamat Nuratdinov 31 yanvar kuni sud zalidan ozod qilindi. Nuratdinov jurnalistlarga o‘zini sotqin deb hisoblamasligini, endi «oxirgi nafasigacha» Tajimuratovga o‘xshagan «iflos»ga qarshi kurashishini ma’lum qildi (video).

Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash, shuningdek, undan 228 mln so‘m zararni undirish belgilandi.

O‘zbekiston transport vazirligi huzuridagi tashkilotlarga rahbarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Abduraxman Abduvaliyev transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi, Taxir Nazarov Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, Faxriddin Salixov Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Avtobuslarga yurgan masofasi va xizmat sifatiga qarab mablag‘ ajratiladi

Prezident transport korxonalari kunlik tushum «plani»ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning «eng daromadli» paytida harakatlanishga odatlanganini tanqid qildi. Shu sababli endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab berilishi qayd etildi.

1 iyulga qadar viloyat markazlarining Transport bosh rejasi ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkazib, ularning fikrlari olinadi.

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, yoshlar siyosati va sport vaziri, suv xo‘jaligi, tabiat resurslari hamda tog‘-kon va geologiya vazirlari, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, madaniyat va turizm vaziri, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda raqamli texnologiyalar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi.

2022 yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi

2022 yilda jismoniy shaxslar tijorat banklariga 11,9 mlrd dollar sotgan. Banklardan esa 8,9 mlrd dollar sotib olgan. Bu 2021 yilga nisbatan qariyb 2 baravar ko‘p. Yil davomida so‘m AQSh dollariga nisbatan 3,9 foizga qadrsizlandi.

O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi. Eski tartibga ko‘ra, bu muddat 5 kunni tashkil etardi.

Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar yolg‘on — vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqida xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi buni rad etib, xabarlar 2020 yil karantin davrida chiqqan eski ma’lumotlar ekanini bildirdi.

O‘zbekistonda fevral oyi yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi

Yanvarning oxirgi kunlaridagi sovuq fevral boshida ham saqlanib turadi. Bu oyda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Fevral oxirigacha harorat kechalari +2…−5 darajagacha, kunduzi +2…+17 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda yana gaz portlashi yuz berdi, 4 kishi jarohatlandi

Seshanba kuni Nukus tumani «Oqterak» mahallasidagi ikki qavatli uydagi xonadonda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi jarohat oldi, ularning ahvoli og‘irligi va tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytilmoqda.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola va fotoreportaj:

Video: Nukus voqealari bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?

Buxoro viloyati sudida Nukusdagi iyul voqealarini sodir etganlikda ayblangan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. «Gazeta.uz» barcha gumondorlarga nisbatan o‘qilgan hukmning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilmoqda.

Fotoreportaj: Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha hukmlar e’lon qilindi

Sud Nukus voqealari bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni yakunlab, 22 nafar sudlanuvchiga hukm e’lon qildi. Ayblanuvchilarning ayrimlari duoga qo‘l ochgan bo‘lsa, yaqinlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi, hukm e’lon qilinganidan keyin mahkumlardan birining onasi hushini yo‘qotdi. «Gazeta.uz» fotoreportaji.