Prezident bir qator ichki ishlar organi xodimlarini mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan Ichki ishlar vazirligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan bir qator IIO xodimlari orden va medallar bilan mukofotlandi.

“Tolibon” O‘zbekistonga elektr bo‘yicha barcha qarzlarni to‘lab berishga va’da berdi

“Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekistondan elektr energiyasi importi bo‘yicha barcha qarzlarini to‘liq to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib berishni “bir soatga ham” to‘xtatmaganini qayd etgan.

Reyting: O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi

O‘zbekiston qamoqxonalardagi mahkumlarning umumiy soni bo‘yicha reytingda 62-o‘rinni egalladi, hozir muassasalarda 22 867 nafar shaxs jazo o‘tamoqda. Mamlakatda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri keladi va bu boradagi reytingda esa O‘zbekiston 179-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Qodirov ovoz bergan uchastkada Mirziyoyev katta farq bilan g‘alaba qozondi. Reportaj

“Gazeta.uz” muxbiri “Milliy tiklanish” partiyasidan nomzod Alisher Qodirov ovoz bergan Toshkentning Mirobod tumanida joylashgan 83-maktabdagi 116-saylov uchastkasida ovozlarni sanash jarayonini kuzatdi. O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev ushbu uchastkada 88% ovoz to‘pladi.

2022 yil 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshiriladi

2022 yildan 1 iyuldan sug‘urtaning barcha turlari elektron shaklda amalga oshirilsa, 2023 yildan majburiy sug‘urtaning barcha turlarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. 2022 yil 1 iyuldan esa inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqariladi.

Putin Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi.

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan telefonda muloqot qilib, uni prezidentlik saylovlaridagi “ishonchli g‘alabasi” bilan tabrikladi.

O‘zbekistonga qariyb 274 ming doza Pfizer-BionNTech vaksinasi olib kelindi

Dushanba kuni O‘zbekiston AQShdan 273 ming 780 doza Pfizer-BionNTech vaksinasini qabul qildi.

Toqayev Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan iliq tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan prezidentlikka qayta saylandi

Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1% foiz ovozi bilan ikkinchi muddatga qayta saylandi, deya xabar berdi MSK rahbari Zayniddin Nizomxo‘jayev. U saylovda nomzodlar o‘rtasida xalqaro standaortlarga mos haqiqiy raqobat bo‘lganligini ta’kidladi.

“Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora” — MDH, SHHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida

O‘zbekistonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining vakillari saylovlar “yuqori siyosiy, huquqiy va tashkiliy darajada o‘tganini” ta’kidladi. Ular shuningdek, mazkur saylovlar “raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora bo‘lganini, demokratik saylovlarning umumiy e’tirof etilgan tamoyillariga to‘la javob berganini” qayd etishdi.

“Camarali islohotlarga qaramay, saylovlarga haqiqiy raqobat muhiti yetishmadi” — YeXHT va PA missiyasi

YeXHT va Yevropa parlamentining hamkorlikdagi missiyasi “ko‘plab jiddiy qonunbuzarliklar” kuzatilganini qayd etdi: ko‘plab saylovchilar tegishli tartiblar qo‘llanilmagan tarzda saylovchilar ro‘yxatiga qo‘shilgan, hujjatlarsiz saylov byulletenlari topshirilgan, boshqalar nomidan ovoz berish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bir qator saylov uchastkalarida kuzatuvchilar bir nechta byulletenlar tashlangan vaziyatlarga ham guvoh bo‘lishgan.

“Menga ishonch bildirganingiz uchun ta’zim qilaman” — Shavkat Mirziyoyev

Prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev unga ovoz bergan saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi. “Xalqimizning 80 foizdan ko‘pi saylovda ishtirok etgani, ularning yangi O‘zbekistondagi ertangi kuniga befarq emasligidan dalolat”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev dunyo davlatlari rahbarlaridan tabriklar qabul qilmoqda

Turkiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni saylovda g‘alaba qozonib, qaytadan O‘zbekiston prezidentligiga saylangani bilan muborakbod etmoqda.

“„Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi” — Vorisova Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

XDPdan nomzod Maqsuda Vorisova Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. U “saylov natijalarini to‘la-to‘kis tan olishini” aytdi. “Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilib, e’lon qilingan „Yangi O‘zbekiston Strategiyasi“ xalqimizning qalbidan chuqur o‘rin egalladi”, — deya qo‘shimcha qildi Maqsuda Vorisova.

Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

“Milliy tiklanish"dan nomzod Alisher Qodirov Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani bilan tabrikladi. U “xalqning farovonligi yo‘lida qo‘lni-qo‘lga berib, birgalikda faoliyat ko‘rsatish lozimligini” ta’kidladi.

Narzulla Oblomurodov partiyadoshlarini “tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi

Prezidentlikka nomzod Narzulla Oblomurodov Ekopartiyaning davlat rahbari saylovida ilk bor ishtirok etishini “tarixiy g‘alaba” deb atadi. U Shavkat Mirziyoyevni g‘alabasi bilan tabriklab, “Partiya saylangan prezidentning barcha g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini” aytdi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

Saylovda ovoz bergan va ishtirok etmagan fuqarolar saylov haqida nima deydi?

Har bir nomzodga omad tilagan professor, munosib deb bilgan nomzodiga yettita belgi qo‘ygan saylovchi, “kelajakda tinchlik, arzonchilik, mo‘l-ko‘lchilik” bo‘lishini istaydigan otaxon va taklifnoma olmagan fuqaro — “Gazeta.uz” prezident saylovida ovoz bergan va saylovda qatnashmagan fuqarolar bilan suhbatda bo‘ldi.