Bugun, 25 oktabr kuni, O‘zbekistonga AQSh hukumati tomonidan 273 ming 780 doza Pfizer-BionNTech vaksinasi yetkazib berildi, deb xabar berdi BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF axborot xizmati.

Mazkur vaksinalar COVAX dasturi asosida olib kelingan.

Avvalroq, 18 oktabr kuni AQSh O‘zbekistonga 526,5 ming doza Pfizer vaksinasini yuborgan edi.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 35 mln 225 ming 138 dozani tashkil qilmoqda.