Prezidentlikka qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev unga ishonch bildirgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.

«Albatta, har bir insonning hayotida mana shunday sinovli va hayajonli damlar bo‘lsa, hozirgi daqiqalardagi holatimni sizlarga yetkazib berolmayman. Sizlar meni qo‘llab-quvvatlaganingiz, jonajon xalqim menga ishonch bildirgani uchun ta’zim qilib, rahmat demoqchiman», — dedi u.

«Xalqimizning 80 foizdan ko‘proq qismi saylovda ishtirok etgani, yangi O‘zbekistondagi ertangi kuniga befarq emasligidan dalolat», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Qayta saylangan prezident fursatdan foydalanib, Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, okrug, uchastka komissiya a’zolariga minnatdorchilik izhor qildi. Shuningdek, u oxirgi bir yarim oyda saylov jarayonlarini faollik bilan yoritgan barcha OAV xodimlariga alohida rahmat aytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 80,1% ovozi bilan prezidentlikka qayta saylandi.