25 oktabr, dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot chog‘ida uni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan iliq tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining butun majmuasini har tomonlama rivojlantirishga o‘zaro moyilligini tasdiqladilar.

Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik xati ham yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinadi.