Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi va rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. Bu haqda Belarus davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar mavzusini muhokama qilib, ularning yuqori darajasi va jadal rivojlanishini qayd etdilar.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik saylovidagi «ishonchli g‘alabasi» bilan tabriklagani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, saylovning dastlabki natijalari bugun, 25 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da e’lon qilinadi.