1-mart, juma kuniga o‘tar kechasi butun Qozog‘iston bo‘ylab rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi. Mamlakat hukumatining qaroriga binoan soat millari Astana, Olmaota va Chimkent shaharlarida, shuningdek, Oqmola, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston, Turkiston, Sharqiy Qozog‘iston, Abay, Jetisu va Ulytau viloyatlarida bir soat orqaga surildi.

Ilgari Qozog‘istonda ikkita: UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi. Mamlakatning ko‘p qismi UTC+6 zonasida joylashgandi. Soat almashtirilgandan so‘ng, butun Qozog‘iston Yevropaga bir soat yaqinlashdi, lekin shu bilan birga u 1949-yildan beri bir vaqt amal qiladigan Xitoydan bir soat uzoqlashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston bilan mintaqadagi vaqt tenglashdi. Shu vaqtgacha mamlakat bilan o‘rtadagi farq 1 soat — Qozog‘istonda oldinroqda edi.

utc+5, soat, қозоғистон

timeanddate.com/time/map/

Qozog‘istonda yagona vaqt mintaqasi taklifini olimlar berishgani aytiladi. 2020-yilda Qozog‘istonning yagona vaqt mintaqasiga o‘tishi tashabbuskori Olmaotada joylashgan Vasiliy Fesenkov nomidagi Astrofizika instituti bo‘lgan. Astrofiziklar o‘z takliflarini mamlakatning aksariyat qismi o‘z tabiiy vaqtiga qarab yashamasligi bilan asosladi. Hukumatga ko‘ra, UTC+5 ga o‘tish “eng to‘g‘ri va maqbul variant” bo‘lib, unda Qozog‘istonning aksariyat mintaqalari tabiiy vaqtga eng yaqin vaqtdan foydalanadilar.

Mamlakatning ko‘plab aholisi yagona vaqt mintaqasi joriy etilishida mantiqni ko‘rmayapti. Qozog‘istonda yagona vaqt zonasini joriy etish to‘g‘risidagi qaror mamlakatdagi ayrim aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Hukumat tomonidan taklif qilingan 2000-yildan boshlab “Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtni hisoblash tartibi to‘g‘risida” gi qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar loyihasini hukumatning rasmiy veb-saytida muhokama qilish statistikasi shundan dalolat beradi.

2023-yilning 22-dekabrida boshlangan loyihaning uch soatlik onlayn muhokamasi davomida Qozog‘istonning 87 nafar aholisi yagona vaqt zonasiga o‘tish uchun ovoz berdi, 945 kishi unga qarshi ovoz berdi. Xuddi shu vaqtning o‘zida hukumat moderatorlari yana 2000 ga yaqin qozog‘istonliklarning ovozlarini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi.